• Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati
  • Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarining bajarilishi monitoringi.
  • Kafedralarda masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati




    Download 129,95 Kb.
    bet14/34
    Sana15.05.2024
    Hajmi129,95 Kb.
    #236741
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
    Bog'liq
    5-2023 (1)

    Kafedralarda masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati: Masofaviy ta’limni tashkil etish bo‘yicha kafedradan mas’ul professor -o‘qituvchi tayinlangan. Dars jadvaliga binoan haftada 4 soat dars o‘tilmoqda.
    Muammo va kamchilik: Каfedra professor-o‘qituvchilar tomonidan masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati qoniqarli. Muammo va kamchiliklar yo‘q.
    Taklif: Masofaviy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlari asosida dars mashg‘ulotlari to‘laqonli o‘tilishini ta’minlash zarur.


    Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati: Mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan uslubiy ko‘rsatma ishlab chiqilgan amaliyotda qo‘llanilib kelinmoqda.
    Muammo va kamchilik: Mustaqil ta’lim vazifalarini talabalar HEMISga yuklashlari kerak bo‘lganligi uchun talabalarda bir-biridan olib yuklash holatlari ko‘p. Mustaqil ta’limni boshqa usullarini ishlab chiqish kerak deb hisoblayman.
    Taklif: Mustaqil ta’limni yanada samaraliroq bo‘lishi uchun mavzu doirasidagi ilmiy maqolalar yoki ilmiy kitoblardan o‘qib o‘rganib, gapirib berish bo‘yicha topshiriqlar berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.


    Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarining bajarilishi monitoringi. Kafedrada asosiy shtat birligida 9 ta professor o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda Ulardan 1 nafari PhD, 3 nafari katta o‘qituvchi va 5 nafari assistant-o‘qituvchilardir. Har bir o‘qituvchi yil boshida o‘quv yuklamasini olgan va shu bo‘yicha yillik shaxsiy ish rejalarini tuzishgan. Kafedrada SHIR monitoring natijalariga ko‘ra har bir professor o‘qituvchi yarim yillik o‘quv yuklamalarini to‘liq bajargan.
    O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha xorijiy til 1 fani ishchi dastur va sillabuslari o‘zbek va rus tillarida rasmiylashtirilgan. G.Obidova hamda A. Tadjibayevalar tomonidan fan dasturi va ishchi o‘quv rejaga asoslanib 2 ta o‘quv qo‘llanma yaratilib, filial ilmiy kengashidan o‘gan va hozirda muvofiqlashtiruvchi kengash platfoprmasiga yuklangan. Kafedra dotsenti G.Obidova tomonidan doktorlik dissertatsiyasiga doir monografiya filial Kengashida ko‘rib chiqilgan va chop ettish uchun tavsiya qilingan. SHIRga binoan har bir professor-o‘qituvchi rejalashtirgan o‘quv ulubiy ko‘rsatmalari rejaga binoan bajarilgan. Kafedrada jami 2022/2023-o‘quv yili uchun 8 ta xorijiy til bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar mavjud. Ustoz-shogird ishlari bo‘yicha kafedraning har bir o‘qituvchisi 2022/2023-o‘quv yilining boshida “Talabalar oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganda yangi sharoitga va oliy ta’lim muassasasida bo‘lgan chog‘da vaqtini to‘g‘ri taqsimlashga yordam berish” mavzusida seminar o‘tkazilgan. Seminarda Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti va Kompyuter injiniringi fakultetlari guruhlari talabalari bilan seminar oʼtkazilgan. Seminarda talabalar bilan vaqt boshqarish usullari, mexanizmlari, vaqtni boshqarishning ilg or tajribalari yuzasidan keng tushuncha hamda o‘quv yili davomida filial talabalar bilan baholash yuzasidan tushunchalar berilgan.
    Muammo va kamchilik: Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Scopus va Web of Science bazalarida indexlangan jurnallarda maqola chiqarish faqat G.Obidova shaxsiy ish rejasida kuzatildi. Kafedra ma’naviy ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishda faol emas. 2022/2023-o‘quv yilining yarim yilligida talabalar turar joyida tadbir -uyushtirmagan. Ajratilgan mahallalarga borish bo‘yicha kafedra fevral oyida borishni rejalashtirilgan.
    Takliflar: Kafedada tomonidan talabalar bilan ingliz tiliga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Xorijiy til fani bo‘yicha 2022/2023-o‘quv yilida darslik chop ettirilsa kafedra va filial reytingiga hissa qo‘shgan bo‘lar edi.



    Download 129,95 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




    Download 129,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedralarda masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati

    Download 129,95 Kb.