|
Kafedra professor-o‘qituvchilarini InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalardagi ishtiroki
|
bet | 25/34 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 129,95 Kb. | | #236741 |
Bog'liq 5-2023 (1)Kafedra professor-o‘qituvchilarini InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalardagi ishtiroki. Kafedra professor-o‘qituvchilari InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalarda ishtirok etishgan. Jumladan, kafedra dotsenti G.Kochkarova FarPIda “Fan va texnika taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida xotin-qizlar InnoWomen forumida faol ishtirok etgan.
Takliflar: Kafedraning har bir professor-o‘qituvchisi InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalarda ishtirok etishlariga yo‘naltirilsin.
Kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi va uning bajarilishi. Каfedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi filial Kengashining 2022-yil 30-аvgust 1-son bayoni bilan tasdiqlangan yillik reja asosida olib borilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan barcha ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda qatnashib kelmoqdalar va Talabalar turar joyiida “O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi” kuni tadbirlarini o‘tkazganlar. O‘tkazilgan tadbirlar bayonnomalar mavjud.
Taklif: Kafedra professor-o‘qituvchilarining ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan barcha ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda qatnashishlari ta’minlash maqsadga muvofiq.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” dasturi bo‘yicha biriktirilgan MFYdagi faoliyati (2022-yil davomida). Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy” loyihasi doirasida mahallarda O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar:
“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosidagi ishlar bo‘yicha kafedra a’zolari Rishton tumanidagi “Jahonobod” (G.Qo‘chqorova), Yuqori Beshkapa (M.Husaynova), Markaz (X.Arabboyev), “M.Topvoldiyev” (N.Tashlanova) “Anhor bo‘yi” (I.Rustamov), va “Cho‘ng‘ara” (Sh.Xolmatov) mahalla fuqarolar yig‘inlariga borib, MFY raisi va xodimlari bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishib oldilar. Tashriflari davomida mahalla vakillari bilan suhbatlashdilar, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da bo‘lgan aholi vakillari xonadonlariga tashrif buyurishib, ularning ish bilan bandligini ta’minlash uchun yordam berildi. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ularni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida viloyatimiz oliy o‘quv yurtlari haqida ma’lumot berildi. Ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Shundan so‘ng mahallalar ijtimoiy-ma’naviy hayotini o‘rganish maqsadida mahalla guzari, choyxona va bazi uylarga tashrif buyurishgan. Mahalla yoshlarini oliy ta’limga muassasalariga o‘qishga kirishga qiziqishini oshirish va yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqtirish maqsadida xorijiy tillar bo‘yicha adabiyotlar mahalla kutubxonasiga taqdim etilgan. Mahalla yoshlarini sport to‘garaklariga jalb etish maqsadida 12 nafar yoshlar filialdagi tegishli yo‘nalishdagi to‘garaklarga jalb qilingan.
Muammo va kamchilik: Kafedra professor-o‘qituvchilarining “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” dasturi bo‘yicha biriktirilgan MFYdagi faoliyati (2022-yil davomida) yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Muammo va kamchiliklar yo‘q.
Taklif: Kafedra professor-o‘qituvchilarining “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” dasturi bo‘yicha biriktirilgan MFYdagi uchrashuv kunlari va vaqtlarini professor-o‘qituvchilarning potensialidan foydalangan holda rejalashtirilsa o‘rinli bo‘lar edi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kafedra professor-o‘qituvchilarini InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalardagi ishtiroki
|