• Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati.
  • Kafedrada masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati




    Download 129,95 Kb.
    bet21/34
    Sana15.05.2024
    Hajmi129,95 Kb.
    #236741
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
    Bog'liq
    5-2023 (1)

    Kafedrada masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati. 2022/2023-o‘quv yili qabul kvotasiga asosan guruhlar soni va talabalar soni ko‘payganligi sababli “Kompyuter injiniringi, “Dasturiy injiniring” yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim shakli tashkil etilgan. Akademik yozuv 1 fanidan assisent-o‘qituvchi O.Hamdamova va O‘zbekiston tarixi fanidan assisent-o‘qituvchi A.Rayimovlar mashg‘ulotlar olib bormoqdalar. Barcha o‘quv jarayoniga ta’luqli ma’lumotlar HEMIS tizimiga joylashtirilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar o‘z vaqtida dars jadvali asosida olib borilmoqda.
    Muammo va kamchilik: Каfedra professor-o‘qituvchilari tomonidan masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati qoniqarli. Muammo va kamchiliklar yo‘q.
    Takliflar: Masofaviy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlar asosida dars mashg‘ulotlari to‘laqonli o‘tilishini ta’minlash zarur.


    Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati. Kafedrada fanlar bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim oluvchi talabalar uchun mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Ishchi o‘quv dasturlarida mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlar, mavzulari, bajarish muddati belgilangan. Mustaqil ishning mazmun-mohiyati fanning namunaviy dasturi asosida adabiyotlar bilan ishlash, ayrim mavzularni mustaqil o‘rganish, internetdan foydalanish, referatlar yozish, amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, hisobotlarni tayyorlash va boshqa muhim o‘quv jarayoniga bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajarishdan iborat. Mustaqil ishlarni bajarishga muntazam nazorat o‘rnatish, jadval asosida bajarilishini ta’minlash va qabul qilish asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun kafedra professor-o‘qituvchilari har bitta akademik guruh talabalari bilan yakkama-yakka ish olib borishi, ularning ish faoliyatini tashkil qilishi, maslahatlar o‘tkazishi talab qilinadi. Fanlar bo‘yicha mustaqil ishlarning bajarilishi tahlil qilinadi va vazifalar belgilab olingan.
    Muammo va kamchilik: Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati qoniqarli. Kamchiliklar yo‘q.
    Takliflar: Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tiladigan fanlardan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda talabalarning faolligini oshirishga erishish maqsadga muvofiqdir.



    Download 129,95 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




    Download 129,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedrada masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati

    Download 129,95 Kb.