|
Ilmiy ishlanmalar va ularning joriy etilishi. (xo‘jalik shartnomalari, pul-mablag‘larini tushumi)
|
bet | 20/34 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 129,95 Kb. | | #236741 |
Bog'liq 5-2023 (1)Ilmiy ishlanmalar va ularning joriy etilishi. (xo‘jalik shartnomalari, pul-mablag‘larini tushumi). Kafedra yo‘nalishi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘lganligi sababli xo‘jalik shartnomalari tuzilmagan. Kelgusida o‘quv markazlari bilan hamkorlikda shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.
Хаlqaro xamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar. 2022/2023-o‘quv yilida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida Qozog‘iston Respublikasi “Казахский национальный университет имени Аль Фараби” nomli OTMda kafedra o‘qituvchilari tomonidan 2022 yil 1-6-dekabr kunlari 12 soatlik “Цифровая экономика” fani bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi.
Qirg‘iziston Respublikasi Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti bilan hamkorlikda shartnoma imzolangan. Mazkur shartnomaga asosan kafedra o‘qituvchilari o‘rtasida hamkorlik, maruza mashg‘ulotlar o‘tilish rejalari mavjud (fevral, 2023-yil).
Muammo va kamchilik: Chet el grantlari, fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi, innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar borasida ilmiy aloqalar ishlari yo‘lga qo‘yilmagan.
Taklif: Nufuzli xorijiy OTMlar va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan konferensia, simpoziumlar o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Dissertatsiya himoyalari va ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar. Каfedra professor-o‘qituvchilari himoyalari va ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar yetarli darajada. Katta o‘qituvchi X. Arabboyev, O.Xamdamova va M.Husaynovalar dissertatsiyalari himoyaga tayyorlanmoqda va kafedra tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Muammo va kamchilik: Каfedraning yosh o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilingan.
Taklif: Каfedraning yosh o‘qituvchilarini PhD dissertatsiyalari himoyagasiga amaliy yordam berish kerak.
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlarning o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi va o‘quv jarayonida qo‘llanilishi holati. Каfedra professor-o‘qituvchilari tomonidan filialning barcha ta’lim yo‘nalishlarida talabalar uchun kuzgi va bahorgi semestrlarda akademik yozuv, falsafa, O‘zbekiston tarixi, dinshunoslik, jismoniy tarbiya, aкадемическое письмо fanlari biriktirilgan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida mashg‘ulotlar olib boriladi. Barcha fanlarning o‘quv dasturlari va ishchi dasturlari mavjud. Barcha ishchi dasturlar 2022-yil 30-avgust 1-son bayoni bilan tasdiqlangan.
Muammo va kamchilik: Kafedrada ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi sababli o‘quv jarayonida qo‘llanilishi bo‘yicha muammo va kamchiliklar yo‘q.
Taklif: Kafedrada ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlari asosida dars mashg‘ulotlari to‘laqonli o‘tilishi ta’minlanishi maqsadga muvofiq.
Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun o‘quv-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilishi, shuningdek, yangi kiritilgan fanlarning professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qitilishi holati. Каfedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishi uchun o‘quv-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan va 2022-yil 30-avgust 1-son bayoni bilan tasdiqlangan.
Muammo va kamchilik: Каfedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlarda muammo va kamchiliklar yo‘q.
Taklif: Kafedrada yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlari asosida dars mashg‘ulotlari to‘laqonli o‘tilishi ta’minlanishi zarur.
|
| |