|
Filialda boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish masalasi bo‘yicha
|
bet | 33/34 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 129,95 Kb. | | #236741 |
Bog'liq 5-2023 (1)6. Filialda boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish masalasi bo‘yicha filial direktori F.Muxtarov axboroti eshitildi.
Filial direktori F. Muxtarov Prezident va hukumat topshiriqlari, qarorlari, farmoyishlari mazmunidan kelib chiqqan holda keyingi paytlarda davlat idoralarining boshqaruv tizimi samardorligiga jiddiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Xususan, boshqaruvni takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasasi faoliyatini to‘laqonli qamrab olish uchun mas’uliyatni kuchaytirish lozimligi, rahbar xodimlarning javobgarlik hissini oshirish orqali boshqaruvda sifat ko‘rsatkichlariga erishish asosiy masala sifatida qo‘yilmoqda. Shundan kelib chiqib, filialimizda boshqaruv tizimini mukammallashtirish uchun filial binolariga umumiy mas’ullar quyidagi taqsimot asosida asosida takliflar o‘rtaga tashlandi.
Filialda oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim Dasturlarini bajarish bo‘yicha zamonaviy, sifatli ta’lim faoliyatini olib borish, O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga muvofiq o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida oldimizga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, bir qator ishlarni amalga oshirish zarur deb xisoblayman. Shundan kelib chiqib quyidagi takliflarni bildiraman:
Har bir kengash yig‘ilishining kun tartibidagi birinchi masala o‘tgan yig‘ilishda berilgan vazifa va topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha mas’ullarning qisqacha xisoboti tinglanadi. Mas’ullar: Kengash kotibi, direktor o‘rinbosarlari.
2022 yildagi filial direktorining tegishli buyrug‘iga asosan har bir o‘quv binosidagi jarayonlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar va umumiy nazorat direktor o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilgan edi. Vahlangki buyruqni ijrosi ijobiy samara bermadi. Shulardan xulosa qilib, 2 ta o‘quv binosi tegishliligi bo‘yicha fakultet dekanlari zimmasiga va TTJ binosi TTJ mudiri zimmasiga yuklatilishi maqsadga muvofiq. Shundan kelib chiqib, eski buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb xisoblab, yangi buyruqni quyidagi shaklda tayyorlash devonxona mudiri zimmasiga yuklatilsin:
- filialning 1-binosiga boshqaruv bo‘yicha umumiy mas’ul Kompyuter injiniringi fakulteti dekani, yordamchi sifatida Ishlar boshqarmasi boshlig‘i;
- filialning 2-binosiga boshqaruv bo‘yicha umumiy mas’ul Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti dekani, yordamchi sifatida bosh muhandis O. Dadajonov;
- filialning 3-binosi (TTJ)ga boshqaruv bo‘yicha umumiy mas’ul TTJ mudiri, yordamchi sifatida TATU Farg‘ona filiali profilaktikasi inspektori.
Kunlik ish tartibi reglamentiga amal qilish bo‘yicha ichki nazorat bo‘limi tomonidan rahbar xodimlar to‘g‘risida alohida hamda dekanatlar bo‘yicha alohida monitoring olib borib, natijasi bo‘yicha har kuni soat 9.00da direktorga axborot kiritadi. Mas’ul: Ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i.
Filialni rivojlantirish bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan strategik ish reja ishlab chiqish va tasdiqlash. Mas’ullar: Direktor o‘rinbosarlari, koordinatorlar.
Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning darsini o‘rganish va dars tahlilining salbiy yoki ijobiy natijalariga ko‘ra chora-tadbir ishlab chiqiladi. 2023 yil fevral oyidan may oyigacha dars tahlili bo‘yicha 15 yanvargacha reja-jadval ishlab chiqilib tasdiqlanadi va direktor rahbarligida ishchi guruh faoliyat yuritadi. Mas’ullar: O‘quv bo‘limi boshlig‘i, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i.
“Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha kafedra mudirlari kamida 20 nafargacha iqtidorli talabalarni o‘z atrofida jamlab, tasdiqlangan ro‘yxatni taqdim etadi. Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etib, loyihalar ishlab chiqish va bajarilgan ishlar bo‘yicha xisobotni har chorakda kengashga taqdim etadi. Mas’ullar: Ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Kafedra mudirlari.
Filialda amalga oshirilgan ishlarni OAVda yoritish, “PIAR”ni yanada kuchaytirish maqsadida “MEDIA-MARKAZ” tashkil etish va “Piar-menedjer” lavozimini joriy etish. O‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan tadbirlar va erishilgan yutuqlar haqida axborotlarni televidenie, radio, matbuotda hamda ijtimoiy tarmoqlar FACEBOOK, Telegram rasmiy kanallarda sifatli yoritib borilishini ta’minlash. Sport klubi faoliyatini keng yoritish, media markazning kelgusidagi faoliyatini to‘laqonli yoritib borish uchun videorolik tayyorlash. (Har haftada kafedralar kesimida amalga oshirilgan ishlarni OAVda yoritish. O‘zbekiston-24 kanalida yoritilishi kerak) Mas’ullar: Matbuot xizmati kotibi, Media-markaz mas’uli.
“Munozara” debat klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “Talabalar teatr-studiyasi”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat”, “Sport klubi” jamoalari faoliyatini yanada rivojlantirish. Viloyat va Respublika miqyosidagi tanlovlar va musobaqalarda talabalarni faol ishtirokini ta’minlash. Mas’ullar: Maslahatchi A.Usmonov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi G.Sodiqova.
Kengash a’zorlari ushbu taklifni ma’qullab, bir ovozdan tasdiqladilar.
|
| |