|
TATU Farg‘ona filiali Media markazini tashkil qilish to‘g‘risida
|
bet | 30/34 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 129,95 Kb. | | #236741 |
Bog'liq 5-2023 (1)3. TATU Farg‘ona filiali Media markazini tashkil qilish to‘g‘risida dekan o‘rinbosari A. Salmonov axborot berdi.
TATU Farg‘ona filiali Media markazini tashkil qilish to‘g‘risida Telekommuniktsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti deka o‘rinbosari A.Salmonov axborot berdi.
Media markaz jamoasining vazifalari. Video va fotoreportajlar, reklama va ijtimoiy roliklari, intervyular, videoma’ruzalarni suratga olish, ovoz yozish, xabar va yangiliklar tayyorlash bilan shug‘ullanadi, bu esa eng ko‘p vaqt talab qiladigan va mashaqqatli ishdir, shuning uchun jamoa bo`lib tizimli faoliyatni yo`lga qo`yish maqsadga muvofiq.
Barcha kontent qiziqarli va yuqori sifatli bo‘lishi uchun ijodiy muhit yaratish talab etadi. Talabalar jamoasidan iborat blogerlar mustaqil ravishda videoning kontseptsiyasini ishlab chiqadi, suratga oladi, tahrir qiladi va tarmoqqa yuklaydi.
Media markaz hamkorlik uchun ijtimoiy tarmoqlarda yangi tanishlar va turli loyihalarda ishtirok etishga ochiq maydon vazifasini bajaradi.
Media-markaz talabalar uyushmalari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Media markaz xodimlari jamoatchilik asosida biriktiriladi va ular quyidagi tarkibda bo‘ladi:
1. Matbuot kotibi;
2. Dasturiy injiniring kafedrasi assistent-o‘qituvchisi – Z. Ermatova;
3. Dasturiy injiniring kafedrasi assistent-o‘qituvchisi – B. Soliyev;
4. Ma’naviyat bo‘limi uslubchisi – 1 ta mas’ul xodim;
5. ARM xodimi – 1 ta mas’ul xodim;
6. Yoshlar ittifoqi yetakchisi – Jaxongir Avazov;
7. Marketing bo‘limi – 1 ta mas’ul xodim;
8. ATM xodimi – 1 ta mas’ul xodim.
Shuningdek, kafedralardan 1 tadan xodim mas’ul etib biriktiriladi hamda filial talabalaridan iborat 20 kishilik media guruh tuziladi.
Media markazni 2023-2025-yillarda rivojlantirish bo‘yicha strategik reja tuzilgan bo‘lib, unda quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
- 50 nafar tinglovchiga mo‘ljallangan 2 ta o‘quv auditoriyasi va televizion studiya, kichik pavilion, rejissorlik pult xonasi, o‘quv montaj laboratoriyasi, professional montaj studiyasi, ovoz yozish studiyasi, fotostudiya, virtual televizion studiyasi kabi o‘quv-laboratoriya xonalari tashkil etish;
- 20 kishilik filmlar ko‘rigi xonasi, o‘quv-laboratoriyalari va o‘quv-maʼruza xonalarining umumiy maydoni 400 kvadrat metrni tashkil etadigan zamonaviy o‘quv media markazi tashkil etish;
- Media markazda Respublikamizning “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston 24”, “MY5”, “Renessans”, “Milliy” telekanallari hamda Farg‘ona viloyatidagi “Farg‘ona”, “Ruxsor” va boshqa hududiy telekanalar bilan hamkorlikda teleko‘rsatuvlar, maxsus reportajlar, lavha va roliklarni efirga uzatish, viloyatimizdagi “Ruxsor”, “Farg‘ona” va “Oriat dono” radiokanallari orqali eshittirishlarni efirga uzatish;
- Internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali matn shaklidagi sifatli materiallarni tayyorlash salohiyatini oshirish maqsadida kuchli mutaxassislar tayyorlash.
Markazni mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida maqsadli rejalar ishlab chiqiladi. Shuningdek, sohani puxta egallagan jurnalistlar, teleoperatorlar, muharrirlar, montajchi injenerlar, rejissyorlar va boshqa mutaxassislar ishga jalb etiladi. Markazda ta`lim-tarbiya sohasidagi yangiliklar, talabalar ijtimouy hayotidagi yangiliklarni tayyorlab, jamoatchilikka yetkazuvchi axborot guruhi tashkil etiladi.
Dastlab markazning barcha xonalari, shu jumladan, umumiy foydalanishda bo‘lgan koridor ta’mirlanadi. So‘ngra 1 ta muxbir mikrofoni, 1 ta yoqa mikrofoni, 1 ta telekamera obyektivi, 5 ta muharrirlar uchun kompyuter, 1 ta telekamera uchun muvozanat qurilmasi, studiya va xonalar uchun yoritish chiroqlari hamda qurilish materiallari, dezinfeksiyalash, shaxsiy gigiyena vositalari xarid qilinadi.
Yaqin kelajakda budjetdan tashqari mablag‘lar va hamkor tashkilotlar mablag‘lari hisobidan markazga 4 ta telekamera, 1 ta telesufler, 5 ta yoqa mikrofoni, 2 ta muxbir mikrofoni, onlayn radio va telekanal uchun xizmat qiluvchi 2 ta server, 1 ta serverni muvofiqlashtiruvchi kompyuter, 2 ta grafika kompyuteri, 2 ta montaj, 1 ta ovoz montaji uchun maxsus kompyuter, 1 ta maxsus noutbuk, 3 ta telekamera obyektivi, 1 ta telekommunikatsiya javoni, ovoz yozish studiyasi uchun professional 2 ta kolonka, 2 ta maxsus mikrofon, 8 ta konditsioner, xodimlar uchun zarur mebel, pavilion uchun zaruriy stullar, mebellar, 2 ta televizor, 1 ta uzluksiz energiya ta’minlovchi manba, 2 ta yuqori hajmdagi tashqi xotira yozish qurilmasi, 10 ta telekamera uchun xotira chiplari, 5 ta kamera tutqichlari, ovoz yozish studiyasi uchun aksessuarlar xarid qilish rejalashtirilgan.
|
| |