|
Bayonnomasi 2024-yil 4-may Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a
|
bet | 20/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)Muammo va Kamchilik: Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlarida muammo va kamchiliklar yo‘q.
Takliflar: Kafedrada mavjud fanlardan yangi fan dasturida keltirilgan adabiyotlarning bosma nashrlarini sotib olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
11. Professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda shaffoflikni ta’minlanganligi. Kafedrada 2023/2024-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar ishga qabul qilindi. J.Otajonov, Z. Otaxonova, Sh.Isroilov, D.Mavlonovalar, filial ishga qabul qilish komissiyasi ishtirokida ishga qabul qilindi va ochiq darslar o‘tib berilib, shaffoflik ta’minlandi.
Muammo va kamchilik: Kafedra professor-o‘qituvchilar bo‘yicha muammo va kamchiliklar yo‘q.
Takliflar: Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirishga erishish zarur.
12. Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati. Kafedrada fanlar bo‘yicha kunduzgi, masofaviy va sirtqi ta’lim oluvchi talabalar uchun mustaqil ishlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Ishchi o‘quv dasturlarida mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlar, mavzulari, bajarish muddati belgilangan. Mustaqil ishning mazmun-mohiyati fanning na’munaviy dasturi asosida adabiyotlar bilan ishlash, ayrim mavzularni mustaqil o‘rganish, internetdan foydalanish, referatlar yozish, amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish, hisobotlarni tayyorlash va boshqa muhim o‘quv jarayoniga bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajarishdan iborat. Mustaqil ishlarni bajarishga muntazam nazorat o‘rnatish, jadval asosida bajarilishini ta’minlash va qabul qilish asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun kafedra professor-o‘qituvchilari har bitta akademik guruh talabalari bilan yakkama-yakka ish olib borishi, ularning ish faoliyatini tashkil qilishi, maslahatlar o‘tkazishi talab qilinadi. Fanlar bo‘yicha mustaqil ishlarni bajarilishi tahlil qilinadi va vazifalar belgilab olingan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bayonnomasi 2024-yil 4-may Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a
|