Yuqoridagi masalalar yuzasidan Kengash




Download 133,14 Kb.
bet40/40
Sana12.10.2024
Hajmi133,14 Kb.
#274648
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
9-yigilish-bayonnomasi (1)

Yuqoridagi masalalar yuzasidan Kengash
q a r o r q i l a d i:

I. 1. Filial direktori F. Muxtarovning ma’ruzasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.


2. Kumush nishon bilan filial hisobchisi Yuldasheva Mahliyo Ravshanovna va Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Xusanova Moxiraxon Qurbonaliyevna taqdirlansin. Taqdirlangan nomzodlar bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari bilan rag‘batlantirilsin. Mas’ul: M. Nurmatov.
3. Oltin nishon bilan Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Porubay Oksana Vitalevna taqdirlansin. Taqdirlangan nomzod bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari bilan rag‘batlantirilsin. Mas’ul: M. Nurmatov.
4. Filial omborchisi Shokirov Elmurod Sodiqovich jonkuyarligi, halolligi, o‘z vazifasini sidqidildan, vijdonan bajarayotganligi uchun uning oylik maoshiga ustama belgilansin.

II. 1. Filialda ijro intizomi bilan ishlash boʻyicha A.Abdulxamidovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Direktor oʻrinbosarlari, dekanlar, kafedra mudirlari hamda boʻlim boshliqlari va markaz rahbarlariga quyidagi vazifalarni o‘z vaqtida ijro etishlari ko‘rsatib o‘tilsin:
- Edo.ijro.uz tizimiga kelgan hujjatlar bilan oʻz vaqtida tanishib borish va ijrosini ta’minlash;
- Edo.ijro.uz tizimida javob xatlarini belgilangan muddatlarda tayyorlash va yuborish.
3. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan quyidagi ishlarga doimiy e’tibor qaratilsin:
- Edo.ijro.uz tizimida ijro intizomiga rioya qilmagan, belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlamagan mas’ullarga qonunchilik doirasida intizomiy chora koʻrish boʻyicha ma’lumot kiritish;
- kengash va boshqaruv yig‘ilishlarining bayon qarorlari ijrosi bo‘yicha tegishli hujjatlarni va ma’lumotlarni Edo.ijro.uz elektron tizimga yuklashni nazorat qilish.
4. 2024 kalendar yilida edo.ijro.uz.tizimiga ijro uchun kelib tushayotga hujjatlarni o‘z vaqdida bajarilishi nazorati A.Abdulxamidov zimmasiga yuklatilsin
5. Filial rahbariyati, dekanatlari, bo‘lim va markazlarning iish faoliyatini yurituvida bo‘lgan nomenklatura fayl papkalaridagi tegishli hujjatlarni monitoringini o‘tkazish chora-tadbirlarini belgilash A.Abdulxamidov zimmasiga yuklatilsin.

III. 1. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Tolipovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlansin.
3. Fakultetlarda 9-may - Xotira va qadrlash kuniga resa asosida tayyorgarlik ko‘rilsin hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida tadbirlar tashkil etilsin. Mas’ullar: fakultet dekanlari.
4. Talabalar o‘rtasida “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida ijodiy ishlar koʻrik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etilsin va tanlov natijalari bo‘yicha talabalar va tashkilotchilar taqdirlashga tavsiya etilsin. Mas’ullar: B. Tolipov, A.Salmonov, fakultet dekanlari.
5. Mazkur qaror ijrosini bajarilishini nazorat qilish yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Tolipov zimmasiga yuklatilsin.

IV. 1. Xorijiy tillar kafedrasi mudiri G.Obidovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Filialda chet tillarini o‘rganish va o‘rgatish holati qoniqarli deb topilsin.
3. Mutaxassisligi chet tili bo‘lmagan professor-o‘qituvchilar va rahbar-xodimlar tomonidan til bilishning B2 darajasini olinishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rilsin. Mas’ullar: T.Abdullayev, M.Teshaboyev, G.Obidova.
4. Mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari (D.Umurzaqova, U.Axundjanov, O.Rayimjonova, J.Otajonov, X.Musayev, N.Ibroximov)ga 6 ta elita guruhlar uchun dars mashg‘ulotlarini ingliz tilida olib boruvchi professor-o‘qituvchilarga yetarli shart-sharoitlar yaratish va dars mashg‘ulotlarining me’yoriy hujjatlarini ingliz tilida rasmiylashtirish vazifalari yuklatilsin. Ushbu me’yoriy hujjatlarini ingliz tilida to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish Xorijiy tillar kafedrasi mudiri (G.Obidova) zimmasiga yuklatilsin.

V. 1. 1. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i M.Teshaboyevning Dasturiy injiniring kafedrasi tekshiruvi yuzasidan bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


1. 2. Kafedraning ilmiy saloxiyatli barcha professor-o‘qituvchilari ustoz-shogird tizimiga qaratilingan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin. Muddat: bir oy muddat ichida (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri).
1. 3. Kafedra professor-o‘qituvchilarini xorijiy OTM lar bilan o‘zaro hamkorlikda ma’ruza darslari o‘tishi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tuzish va bir oy muddatda horijiy OTM bilan ma’ruza dars mashg‘ulotlarini tashkil qilinsin. Muddat: bir oy muddat ichida. (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi, Xalqaro bo‘lim va kafedra mudiri).
1. 4. Kafedra professor-o‘qituvchilarining InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalarda ishtirok etishi ta’minlansin. Muddat: bir oy muddat ichida (Mas’ullar: Iqtidorli talabalar bo‘limi va kafedra mudiri).
1. 5. 2022/2023-o‘quv yili dasturiy injiniring yo‘nalishini tamomlagan barcha talabalarni ish bilan ta’minlanlash hamda mas’ul professor-o‘qituvchilari biriktirish chora-tadbirlar rejasi tuzilsin. Muddat: bir oy muddat ichida (Mas’ullar: Marketing bo‘limi boshlig‘i va kafedra mudiri).
1. 6. Kafedraning ARM da yetarli bo‘lmagan kitoblarini to‘liq o‘rganib chiqib kamchiliklar bartaraf etilsin. Muddat: bir oy muddat ichida (Mas’ullar: ARM direktori, kafedra professor-o‘qituvchilari va kafedra mudiri).
1. 7. Kafedraning OAVda keng yoritish ishlari yuzasidan kafedra rejasi tasdiqlansin va bir oy muddatda OAVda chiqishlar tashkil qilinsin. Muddat: bir oy muddat ichida (Mas’ullar: Matbuot kotibi, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi va kafedra mudiri).
1. 8. Kafedra professor-o‘qituvchilarining “Bir ziyoli, bir mahallaga ma’naviy homiy” dasturi bo‘yicha biriktirilgan MFYdagi faoliyati yuzasidan olib borilgan ishlar yuzasidan 1 hafta muddatda ma’lumot tadqim qilinsin. Taqdim qilinmagan tadqirda mas’ullarga intizomiy chora ko‘rilsin. Muddat: bir hafta muddat ichida (Mas’ullar: ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi va kafedra mudiri).
1. 9. Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati yaxshilansin va Sirtqi bo‘lim talabalari mustaqil ishlari tashkil etishda barcha talabalar to‘liq qamrab olish choralari ko‘rilsin. Muddat: bir oy muddat ichida. (Mas’ullar: kafedra mudiri va Sirtqi bo‘lim boshlig‘i).

V. 2. 1. Ishchi guruhi raisi M.Teshaboyevning Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi tekshiruvi yuzasidan bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2. Kafedraning ilmiy saloxiyatli barcha professor-o‘qituvchilari Ustoz-shogirt tizimiga qaratilingan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin. Muddat: bir oy muddat ichida (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri).
2. 3. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedraga biriktirilgan texnikumlar, kasb-hunar maktablari va akademik litseylar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar, ilmiy analitik natijalarni amalga oshirish rejalari ishlab chiqilsin. Muddat: bir oy (Mas’ullar: O`quv bo`limi va kafedra mudiri).
2. 4. Kafedraga tegishli bo‘lgan fanlarga oid darslik va adabiyotlar bilan ARMga 100% bosma adabiyotlar yetkazilish choralari ko‘rilsin. Muddat: bir oy muddat ichida (Mas’ullar: kafedra mudiri, ARM direktori va moliya reja bo‘limi).
2. 5. Kafedra professor-o‘qituvchilarining InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalarda ishtirok etishi ta’minlansin. Muddat: bir oy muddat ichida (Mas’ullar: Iqtidorli talabalar bo‘limi va kafedra mudiri).
2. 6. Kafedra yig‘ilishlarida ma’naviy-axloqiy muhitini, pedagoglarning axloqiy sifatlarini muntazam ravishda tahlil qilib borilganligi holati kafedra bayonnomasida yotirib ketish choralari ko‘rilsin. Muddat: bir oy muddat ichida (Mas’ullar: kafedra mudiri).
2. 7. Kafedrada olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar filial saytida va OAVda keng yoritish ishlari manitoringi olib borilsin. Muddat: bir oy muddat ichida (Mas’ullar: Matbuot kotibi, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi va kafedra mudiri).
2. 8. Kafedrani STAR UP va boshqa loyiha tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlanlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tashkil qilinsin. Muddat: bir oy muddat Ichida eng kamida 2 ta STAR UP yoki boshqa loyiha tanlovlarda ishtiroki ta’minlansin (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri).
2. 9. 2024-yil uchun kafedra professor-o‘qituvchilarini xizmat safarlariga, soha korxona va tashkilotlariga stajirovka o‘tishlari rejasi ishlab chiqarilsin (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri).

V. 3. 1. Ishchi guruhi raisi M.Teshaboyevning Kompyuter tizimlari kafedrasi tekshiruvi yuzasidan bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. 2. Kafedraning ilmiy saloxiyatli barcha professor-o‘qituvchilari Ustoz-shogirt tizimiga qaratilingan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin. Muddat: bir oy muddat ichida (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri).
3. 3. Kafedra professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarida belgilangan vazifalarni to‘liq bajarilishini qat’iy nazorat qilish (Mas’ullar: kafedra mudiri).
3. 4. Kafedraga tegishli bo‘lgan fanlarga oid darslik va adabiyotlar bilan ARMga 100% bosma adabiyotlar yetkazilish choralari ko‘rilsin. Muddat: bir oy muddat ichida. (Mas’ullar: kafedra mudiri, ARM direktori va moliya reja bo‘limi).
3. 5. Kafedra professor-o‘qituvchilarining InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalarda ishtirok etishi ta’minlansin. Muddat: bir oy muddat ichida. (Mas’ullar: Iqtidorli talabalar bo‘limi va kafedra mudiri).
3. 6. Kafedrani STAR UP va boshqa loyiha tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlanlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tashkil qilinsin. Muddat: bir oy muddat Ichida eng kamida 2 ta STAR UP yoki boshqa loyiha tanlovlarda ishtiroki ta’minlansin. (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri).
3. 7. 2024-yil uchun kafedra professor-o‘qituvchilarini xizmat safarlariga, soha korxona va tashkilotlariga stajirovka o‘tishlari rejasi ishlab chiqarilsin. (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri).
3. 8. Kafedrada olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar filial saytida va OAVda keng yoritish ishlari manitoringi olib borilsin. Muddat: bir oy muddat ichida. (Mas’ullar: Matbuot kotibi, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi va kafedra mudiri).

VI. 1. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Polvonovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Filialda yosh olimlar, dissertantlar hamda iqtidorli talabalar faoliyatiga doir olib borilayotgan ishlar holati qoniqarli deb topilsin.
3. Filialda “Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha 2024-yilda bajarilishi rejalashtirilgan ishlar rejasi” asosida kafedralarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan holda statistik ma’lumotlar shakllantirilsin
Mas’ullar: II va IB direktor o‘rinbosari B.Polvonov, ITI va IPKTB boshlig‘i S.Zokirov, kafedra mudirlari, TSNQB boshlig‘i M.Teshaboyev
4. Filialda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha 2024-yil birinchi yarim yillikda bajarilishi rejalashtirilgan ishlar tizimli amalga oshirilsin
Mas’ullar: II va IB direktor o‘rinbosari B.Polvonov, ITI va IPKTB boshlig‘i S.Zokirov, kafedra mudirlari, TSNQB boshlig‘i M.Teshaboyev. Muddat: 20 may.

VII. 1. 1. Kengash kotibi N. Qurbonovning Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tayyorlangan hujjatlar mazmuni bo‘yicha bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


1. 2. Ochiq ovoz berish bo‘yicha Kengash a’zolarining ovozlari tasdiqlansin hamda talabgor Polvonov Baxtiyor Zaylobidinovichning attestatsiya ishi hujjatlari 01.04.10 - Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha “professor” ilmiy unvonini olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tavsiya etilsin.

VI. 1. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Polvonovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Filialda yosh olimlar, dissertantlar hamda iqtidorli talabalar faoliyatiga doir olib borilayotgan ishlar holati qoniqarli deb topilsin.
3. Filialda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha 2024-yilda bajarilishi rejalashtirilgan ishlar rejasi asosida kafedralarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan holda statistik ma’lumotlar shakllantirilsin. Mas’ullar: B.Polvonov, S.Zokirov, kafedra mudirlari, M.Teshaboyev.
4. Filialda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha 2024-yil birinchi yarim yillikda bajarilishi rejalashtirilgan ishlar tizimli amalga oshirilsin. Mas’ullar: B.Polvonov, S.Zokirov, kafedra mudirlari, M.Teshaboyev. Muddat: 20 may.

VII. 1. 1. Kengash kotibi N. Qurbonovning Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tayyorlangan hujjatlar mazmuni bo‘yicha bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


1. 2. Ochiq ovoz berish bo‘yicha kengash a’zolarining ovozlari tasdiqlansin hamda talabgor Polvonov Baxtiyor Zaylobindinovichning attestatsiya ishi hujjatlari 01.04.10 - Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha “professor” ilmiy unvonini olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tavsiya etilsin.

VII. 2. 1. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i S.Zokirovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 1. Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Sobirov Muzaffar Mirzaolimovichning 05.01.08 - “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissеrtatsiya ishi mavzusi “Energetika obyektlarining ish rejimlarini optimal boshqarish tizimlari sintezi” tarzida ma’qullansin hamda TDTU professori, texnika fanlari doktori Siddiqov Isomiddin Xakimovich ushbu ilmiy-tadqiqot ishiga ilmiy rahbar sifatida tasdiqlansin.
2. 2. Erkin tadqiqotchi Soliyev Sohibjon Obidovichning 09.01.04 - “Ijtimoiy falsafa” ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissеrtatsiya ishi mavzusi “O‘zbekiston yoshlarida yong‘in xavfsizligini madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy falsafiy hususiyatlari” tarzida ma’qullansin hamda TATU Farg‘ona filiali dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa dokrotori (PhD) Teshaboyev Muhiddin Marufovicn ushbu ilmiy-tadqiqot ishiga ilmiy rahbar sifatida tasdiqlansin.

IV. 3. 1. Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri v.b. X.Musayevning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. 2. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, Zulunov Ravshanbek Mamatovichga Dasturiy injiniring kafedrasida professor (vazifasini vaqtincha bajaruvchi) lavozimida ishlashiga ruxsat berilsin.

IV. 4. 1. O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Sh.Umarovning ma’lumoti axborot uchun qabul qilinsin.


4. 2. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 2024-yil 13-maydan 1-iyunga qadar, magistratura mutaxassisligi talabalari uchun 6-maydan 25-maygacha qayta o‘qishlar haftaligi tashkil etilsin. Mas’ul: Fakultet dekanlari (O.Otaqulov, B.Daliyev, X.Sotvoldiyev, M.Norinov), O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i (Sh.Umarov);
4. 3. Ijtimoiy himoyaga muhtoj akademik qarzdor bo‘lgan talabalarga o‘quv rejada keltirilgan fanlarni qayta o‘zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratilsin, ijtimoiy himoyalashni ta’minlash maqsadida, qayta o‘qitish jarayonlari bepul tashkil etilsin. Mas’ul: Fakultet dekanlari (O.Otaqulov, B.Daliyev, X.Sotvoldiyev, M.Norinov), Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i (A.Salmonov).
4. 4. Ijtimoiy toifalarga kiruvchi talabalar ro‘yxati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i (A.Salmonov) va fakultet dekanlari (O.Otaqulov, B.Daliyev, X.Sotvoldiyev, M.Norinov) tomonidan shakllantirilsin, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari (B.Tolipov), O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (T.Abdullayev) hamda Moliya reja bo‘limi boshlig‘i (E.Bo‘taboyeva) bilan kelishilsin.
4. 5. Qayta o‘qitish jarayonlariga jalb qilingan professor-o‘qituvchilarga belgilangan tartibda haq to‘lashni budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshirilsin. Mas’ul: bosh hisobchi (M.Nurmatov).
4. 6. Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i (A.Salmonov), fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarga yuqorida keltirilgan toifalardagi talabalar bo‘yicha ma’lumotlarni toifalar kesimida STUDENT OFFICEga topshirish, talabalarning fanlarni qayta o‘zlashtirishlarida yaqindan yordam berish, zarur hollarda taklif va mulohazalarini o‘rnatilgan tartibda muhokama uchun Kengashga tavsiya etish vazifalari yuklatilsin.
4. 7. Qayta o‘qish davridan keyin ham akademik qarzdor bo‘lib qolgan talabalarni yozgi semestrdagi qayta o‘qishlarga jalb etilsin va ularga sentabr-oktabr oylarida Yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etishlariga sharoitlar yaratilsin. Mas’ullar: Fakultet dekanlari (O.Otaqulov, B.Daliyev, X.Sotvoldiyev, M.Norinov), O‘quv ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari (T.Abdullayev).
4. 8. Ushbu qarorning bajarilish nazorati o‘quv ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari (T.Abdullayev) zimmasiga yuklatilsin.

Kengash raisi F. Muxtarov



Kengash kotibi N. Qurbonov
Download 133,14 Kb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Download 133,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqoridagi masalalar yuzasidan Kengash

Download 133,14 Kb.