|
Kafedrada tashkil etilgan ilmiy seminar, ilmiy laboratoriyalar
|
bet | 34/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)22. Kafedrada tashkil etilgan ilmiy seminar, ilmiy laboratoriyalar. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy seminarlar har oyda bir marotaba o‘tkazib boriladi. Barcha bayonnomalar mavjud.
Muammo va kamchilik: Kafedrada bugungi kunda ilmiy laboratoriya mavjud emas. Takliflar: Kafedrada ilmiy laboratoriya ochish yo‘llarini izlab topish kerak.
23. Kafedrada to‘garaklar, iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etilganligi (hujjatlarning rasmiylashtirilganligi). Kafedrada “Ma’lumotlar bazasi” -o‘qituvchilar A.Dilshodov, M.Burxonova, G.Pulatova rahbarligida (12 ta talaba), “Lunix operation system” - o‘qituvchi J.Suyumov, D. Mirkomilov, G. Raxmayova (16 ta talaba) - tomonidan to‘garaklar faoliyat olib boradi. To‘garaklarga barcha kurs talabalari jalb etilgan bo‘lib, o‘quv yili boshida ishlab chiqarilgan reja asosida ish olib boriladi. To‘garaklar axborot texnologiyalari bilan jihozlangan xonalarda reja asosida mashg‘ulotlar o‘tiladi. Fan to‘garaklar rejasi kafedra ish rejasida ko‘rsatilgan bo‘lib, kafedraning 2023-yil 2-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va fakultet kengashida tasdiqlangan.
Kafedra fanlaridan kelib chiqqan xolda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan talabalarga alohida e’tibor berilmoqda, natijada iqtidorli talabalar tomonidan kafedra assistenti D.Mirkomilov rahbarligida 614-20 guruh talabasi L.Isoqjonov Hakethon tanlovi g‘olibi bo‘ldi. I.Mirzayev, Sh.Muhammadaliyevlar jamoasi tomonidan “Mening innaovatsion ta’lim tizimim” nomli 807 000 000 so‘mlik start up loyiha tayyorlashgan.
Muammo va Kamchilik: Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etilish bo‘yicha muammo va kamchiliklar mavjud emas.
Takliflar: Nomdor stependiyatlar yoki sovrindorlar tayyorlashda mexanizm ishlab chiqilsin va barcha professor-o‘qituvchilarning ishtirokini ta’minlash.
24. Kafedra mutaxasislik ta’lim yo‘nalishlari talabalarini fan olimpiadalari, START UP va boshqa loyiha tanlovlarda ishtiroki. Kafedrada fan olimpiadalarini o‘tkazish bo‘yicha reja mavjud bo‘lib, jumladan: Darturlash, Kompyuter grafikasi fanlaridan o‘tkaziladi.
|
| |