|
Kafedralarda masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati
|
bet | 30/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)11. Kafedralarda masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati. 2023/2024-o‘quv yilida kafedrada masofaviy ta’lim mavjud, KI va DI yo‘nalishi 2 kurs talabalariga “Ma’lumotlar bazasi va kompyuterni tashkil etilishi” fanidan darslar berib borilmoqda. Muammo va kamchilik: yo‘q.
12. Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati. Kafedrada fanlar bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim oluvchi talabalar uchun mustaqil ishlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Ishchi o‘quv dasturlarida mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlar, mavzulari, bajarish muddati belgilangan. Mustaqil ishning mazmun-mohiyati fanning namunaviy dasturi asosida adabiyotlar bilan ishlash, ayrim mavzularni mustaqil o‘rganish, internetdan foydalanish, referatlar yozish, amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish, hisobotlarni tayyorlash va boshqa muhim o‘quv jarayoniga bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajarishdan iborat. Mustaqil ishlarni bajarishga muntazam nazorat o‘rnatish, jadval asosida bajarilishini ta’minlash va qabul qilish asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun kafedra professor-o‘qituvchilari har bitta akademik guruh talabalari bilan yakkama-yakka ish olib borishi, ularning ish faoliyatini tashkil qilishi, maslahatlar o‘tkazishi talab qilinadi. Fanlar bo‘yicha mustaqil ishlarni bajarilishi tahlil qilinadi va vazifalar belgilab olingan.
Muammo va Kamchilik: Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati qoniqarli. Kamchiliklar yo‘q. Takliflar: Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tiladigan fanlardan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda talabalarning faolligini oshirishga erishish maqsadga muvofiqdir.
13. Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etilishi. Jumladan, kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj shakllanganligi, dasturlarni ishlab chiqishdagi kadrlar iste’molchilarining ishtiroki, talabalar amaliyoti (stajirovka)ning ish beruvchi tashkilot (korxona)larda o‘tkazilishi va bitiruvchilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashuvi monitoringi. Kafedrada talabalarning ishga joylashuvi monitoringi muztazam ravishda olib boriladi.
|
| |