|
Kompyuter tizimlari kafedrasi bo‘yicha
|
bet | 27/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)Kompyuter tizimlari kafedrasi bo‘yicha.
1. Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish va qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar. 2023/2024-yildan buyon kafedrada “Yosh olimlar maktabi” tashkillangan va kafedra mudiri U.Axundjanov boshchiligida yosh assistent o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati kuzatib boriladi, muntazam ravishda ilmiy seminarlar tashkillanib, ilmiy maslahatlar beriladi.
Kelgusi 2024-2025 yillarda kafedraning asosiy e’tiborni ilmiy salohiyatni oshirishga qaratiladi hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini salmoqli bo‘lishiga e’tibor kuchaytiriladi. Kafedraning (J. Suyumov, B.Azamxonov, G.Rahmatova, A.Dilshodov) nafar hodimi xozirda mustaqil izlanuvchi sifatida PhD dissertatsiyalarini himoyaga tayyorlamoqdalar. Kafedra hozirgi uilmiy salohiyat 25% ni tashkil etadi (M.Jalilov, U.Axunjanov, S.Zokirov)
Muammo va kamchilik: Kafedraning ilmiy salohiyati 25 % ni tashkil etsa-da, kafedradagi ilmiy darajalari mavjud ustozlar shogirdlar tayyorlamaganlar.
Takliflar: 2024-2025 o‘quv yilida kafedrada asosiy e’tibor ilmiy salohiyati oshirishga qaratilgan chora tadbirlar rejalashtirilgan.
2. Nudud (sohalar) uchun ilmiy tadqiqotlar, ilmiy analitik natijalarning amalga oshirilganligi, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllanganligi. Kafedrada ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlarning amalga oshirish bo‘yicha ishlar U.Axunjanovning ilmiy ishi (PhD)da o‘z aksini topgan.
Muammo va Kamchilik: Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan hududdagi sohalar uchun ilmiy tadqiqotlar, ilmiy analitik natijalar amalga oshirish rejalarini viloyat hokimligi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish yetarlicha emas. Takliflar: Hudud (sohalar) uchun ilmiy tadqiqotlar, ilmiy analitik natijalar olishga rejasi tuzilsin.
3. Xalqaro, mahalliy axborot va ma’lumotlar bazasi (Scopus, Web of Siyense va h.k.) dan foydalanish imkoniyatlarining yaratilganligi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Xalqaro, mahalliy axborot va ma’lumotlar bazasi (Scopus, Web of Siyense va h.k.)dan foydalanilgan hamda ularda ilmiy maqolalar chop etilgan. (U. Axundjanov, S.Zokirov, D.Djalilov, M.Lazareva, J.Suyumov, M.Xasanova, M.Burxonova, D.Yo‘ldasheva).
|
| |