|
Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni tayinlash
|
bet | 38/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)2. Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni tayinlash to‘g‘risida ITI va IPKTB boshlig‘i S. Zokirovning axboroti eshitildi.
Masala yuzasidan so‘zga chiqqan ITI va IPKTB boshlig‘i S.Zokirov quyidagi tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari haqida ma’lumot berdi:
Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Sobirov Muzaffar Mirzaolimovichning 05.01.08- “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan “Energetika obyektlarining ish rejimlarini optimal boshqarish tizimlari sintezi” nomli dissertatsiya ishiga doir kafedra tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda TDTU professori, t.f.d. I.X.Siddiqov nomidan ushbu ishga ilmiy rahbar bo‘lishga berilgan rozilik xati mazmuni bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi.
Erkin tadqiqotchi Soliyev Sohibjon Obidovichning 09.01.04 - “Ijtimoiy falsafa” ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan “O‘zbekiston yoshlarida yong‘in xavfsizligini madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy falsafiy hususiyatlari” nomli dissertatsiya ishiga doir kafedra tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda TATU Farg‘ona filiali dotsenti, f.f.f.d. (PhD) M.M.Teshaboyev nomidan ushbu ishga ilmiy rahbar bo‘lishga berilgan rozilik xati mazmuni bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi.
Fakultet dekanlari O.Otaqulov va B.Daliyev, Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri J.Otajonov yuqoridagi dissertatsiya mavzularining aktualligi va dolzarbligi haqida fikr-mulohaza bildirdilar.
3. Professor vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tavsiya etish haqida Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri v.b. X.Musayev axborot berdi.
Zulunov Ravshanbek Mamatovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, 1984-yili Kiyev davlat universiteti Kibernetika fakultetini tamomlagan. 1984-1987-yillar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Andijon filiali dasturchi muhandisi, 1987-1988 yillar Kiyev davlat universiteti stajyor-tadqiqotchisi, 1988-1991-yillar Kiyev davlat universiteti aspiranti bo‘lgan. 1991-yil 26-dekabrda Kiyev davlat universiteti ilmiy kengashida fizika-matematika fanlari nomzodi dissertatsiyasini mufafaqiyatli himoya qilgan.
U 1991-1993-yillar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Andijon filiali “Amaliy matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1993-1994 yillar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Andijon filiali “Amaliy matematika” kafedrasi dotsenti bo‘lib ishlagan.
1995-2010-yillar UzAvto («UzDEUavto» / «Djiyem O‘zbekiston») korxonasida Axborot texnologiyalari boshqarmasi direktori lavozimida ishlagan. Korxonaning axborot boshkaruv tizimlarini yaratish va rivojlantirish, AT-infratuzilmani va xisoblash texnikasi modernizatsiyalash, avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlarini tadbik kilish jarayonlarini boshqarib kelgan.
2010-2015-yillar ta’minot tizimi boshqarmasida bo‘linma boshlig‘i bo‘lib ishlagan. General Motors global axborot tizimlarini tadbiq qilishda qatnashgan. GM global tizimlarini ta’minot boshqarmasida ishlashini nazorat qilgan. Avtomobilsozlikdagi biznes-jarayonlarni yaxshi biladi.
DAEWOO Public Motorsda (Janubiy Koreya) avtomobilsozlik korxonasida axborot tizimlarini boshqarish bo‘yicha uch oylik amaliyot o‘tagan. ISO 9000:2005 sifat menedjmenti tizimi sertifikatiga ega. Ingliz va rus tillarida muloqot qila oladi.
2015-2016-yillar Andijon mashinasozlik instituti MIChA kafedrasi dotsenti, 2016-2017-yillar Andijon mashinasozlik instituti Avtomatika va elektrotexnika fakulteti dekani, 2017-yil yanvardan 2017-yil avgustgacha Andijon mashinasozlik institutining axborot texnologiyalari markazi boshlig‘i, 2017-2019 yillarda Andijon davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan.
TATU Farg‘ona filialida asosiy shtatda 2019 yil 1 mart oyidan ishlaydi. 2019-2022-yillar Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan, hozirgi vaqtda shu kafedraning dotsenti lavozimida ish faoliyatini olib boradi. Mehnat faoliyatida 10 dan ortiq magistrantlarning dissertatsiya himoyalariga va 40 dan ortiq bakalavriat talabalariga bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilgan. Filialda ishlayotgan davrida 10 dan ortiq DGU, OAK ro‘yhatidagi jurnallarda 20 dan ortiq maqola, ko‘plab yuqori impakt faktorli jurnallarda va halqaro konferentsiyalarda tezislar chop etgan. Ish faoliyatida koplab fan o‘quv majmualari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari va ko‘rsatmalari tayyorlangan.
R.M.Zulunov va kafedra o‘qituvchilari bilan hammualliflikda 2023-yili “Javada dasturlash asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi (ISBN: 978-9910-763-10-6). 2024-yili “Classic” nashriyotida “Sun’iy intellekt texnologiyalari” monografiyasi chop etilgan (ISBN:978-9910-783-11-1). Shu yili halqaro “LAP LAMBERT Academic Publishing” nashriyotida “Texnologii iskusstvennogo intellekta” monografiyasi nashr etildi (ISBN: 978-620-7-45343-6). Ushbu monografiya yana Evropaning oltita tiliga (ingliz, nemis, frantsuz, ispan, italial va portigal tillari) tarjima qilindi va chop etildi.
U «Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti» ixtisosligi bo‘yicha «Instrumental dasturlash tizimlarini tadqiqot qilish va ishlab chiqish» mavzusida ilmiy dissertatsiyani himoya qilgan.
R.M.Zulunov ishlab chiqarish korxonalarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. Uni ishtirokida Respublikada yirik ishlab chiqarish korxonalari xisoblangan UzAvto (UzDEUavto \ Djiyem O‘zbekiston) ni korporativ dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda qator loyixalar ishlab chiqilib joriy etilgan.
R.M.Zulunov tomonidan avtomobilsozlik korxonalari laboratoriyalarida o‘lchash tizimlarini tahlil etish uchun dasturiy ta’minot yaratildi. Ushbu innovatsion ishlanma Uzavtosanoat zavodlari va ularga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi ishlab chiqarish korxonalarida foydalanilishi mumkin. Ishlanma haqida ma’lumot Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan edi.
Filial o‘quv jarayonini tashkil etish va yanada takommillashtirish ustida o‘z fikr va muloxazalarini berib boradi. Dars mashg‘ulotlarini olib borishda xozirgi zamon pedagogik yutuqlari, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etib boradi. Kafedra professor-o‘qituvchilar bilan davriy kafedra yig‘ilishlari va suhbatlarda o‘quv ishlari, o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy izlanishlar, ustoz-shogird tizimi, ichki intizom, qarorlarni bajarilishi, odob-axloq, korrutsiyaga qarshi kurash va boshqa mavzularda doimiy tushuntirish ishlari olib boriladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda R.M.Zulunovni Dasturiy injiniring kafedrasida professori vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat olib borishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Ushbu masalada filiali direktori F. Muxtarov, kengash kotibi N. Qurbonov va fakultet dekani X.Sotvoldiyevlar fikr-mulohaza bildirdilar.
Shundan so‘ng filial Kengashi a’zolari Dasturiy injiniring kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Zulunov Ravshanbek Mamatovichni kafedrada professor (vazifasini vaqtincha bajaruvchi) lavozimida ishlashiga ruxsat berish uchun ochiq ovozga qo‘yish orqali tavsiya qildilar va bir ovozdan ma’qulladilar, qarshilar va betaraflar bo‘lmadi.
|
| |