|
Bayonnomasi 2024-yil 4-may Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a
|
bet | 37/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)VII. Turli masalalar.
1. Professor ilmiy unvonini olish uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga attestatsiya ishini tavsiya etish to‘g‘risida N. Qurbonov axborot berdi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, dotsent Polvonov Baxtiyor Zaylobidinovich filial direktorining 2023-yil 11-martdagi 135K-son buyrug‘i bilan o‘rindoshlik asosida “Tabiiy fanlar” kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan. Polvonov Baxtiyor Zaylobidinovich 01.04.10-Yarimotkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha “professor” ilmiy unvonini olish uchun Nizom talablari asosida attestatsiya hujjatlarini tayyorlagan.
Polvonov Baxtiyor Zaylobidinovich l978-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1999-yilda Farg‘ona davlat universiteti bakalavriyat bosqichi fizika yo‘nalishini tamomlagan. Diplom bo‘yicha ixtisosligi – fizika, diplom B № 001085. 2007-yilda Farg‘ona davlat universitetida “Fizika fanini o‘qitish metodikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Diplom bo‘yicha ixtisosligi – “Fizika fanini o‘qitish metodikasi” M № 030978. Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2017-yil 6-dekabrda Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.FM./T.34.01 raqamli ilmiy Kengashda “CdTe,CdTe:In asosidagi yarimo‘tkazgich strukturalarda past temperaturali fotolyuminestsensiya” mavzusidagi dissertasiyasini 01.04.10-Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2018-yil 26-yanvarda fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi (diplom 01 №000209).
Umumiy ish staji 25 yil, ilmiy-pedagogik ish staji 25 yil. Shu jumladan, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida 2022-yil 16-martdan buyon ishlab kelmoqda.
B.Z.Polvonov tomonidan 167 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari chop etilgan. Shulardan, 6 ta monografiya, 2 ta patent (1ta xalqaro), 8 ta DGU, 82 ta ilmiy maqola (12 ta Web of Sciyence va Scopus bazalarida indekslangan, ushbu bazadagi h-indeksi 4 ga teng, Google Scholar bazasida h-indeksi 14 ga teng), 36 ta tezislar (10 ta Scopus bazasida indekslangan), 1 ta darslik (Yakka mualliflikda), 4 ta o‘quv qo‘llanma (barchasi yakka mualliflikda), 12 ta o‘quv uslubiy qo‘llanmalar yaratilib, nashr ettirilgan.
PhD dissertasiyasi himoyasidan keyin 4 ta monografiya, 10 ta ilmiy maqola (3 ta Web of Sciyence va Scopus bazalarida indekslangan, ushbu bazadagi h-indeksi 4 ga teng, Google Scholar bazasida h-indeksi 14 ga teng), 6 ta tezis (2 ta Scopus bazasida indekslangan), 1 ta darslik (Yakka mualliflikda), 4 ta o‘quv qo‘llanma (barchasi yakka mualliflikda), 6 ta o‘quv uslubiy qo‘llanmalar yaratilib nashr ettirilgan va 4 ta elektron hisoblash mashinalari uchun guvohnomalar olingan.
Direktorning birinchi o‘rinbosari B.Tolipov, TSNQB boshlig‘i M. Teshaboyev hamda fakultet dekani O. Otaqulovlar talabgorning ilmiy faoliyati va tadqiqot ishlari yuzasidan ijobiy fikr bildirishib, attestatsiya hujjatlarini OAKka tavsiya qilish uchun ochiq ovoz berish taklifini o‘rtaga tashladilar. Berilgan taklif bir ovozdan ma’qullandi, qarshilar va betaraflar bo‘lmadi. Talabgor B.Polvonovning attestatsiya ishi hujjatlari 01.04.10 - Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha “professor” ilmiy unvonini olish uchun ochiq ovoz berish yo‘li bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tavsiya qilindi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bayonnomasi 2024-yil 4-may Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a
|