|
/2024-o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalarining qayta o‘qish jarayonini tashkil etish
|
bet | 39/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)4. 2023/2024-o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalarining qayta o‘qish jarayonini tashkil etish to‘g‘risida O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Sh.Umarovning axboroti eshitildi.
TATUning 2024-yil 23-yanvardagi 75-01-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv jarayoniga ko‘ra kunduzgi ta’lim bitiruvchi kurs talabalari uchun 2024-yil 13-maydan 15-iyungacha, sirtqi ta’lim bitiruvchi kurs talabalari uchun 2024-yil 20-maydan 15-iyungacha, magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi kurs talabalari uchun 2024-yil 6-maydan 1-iyungacha BMI va MD himoyasi haftaliklari boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 22-maydagi 160-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizomning 18-bandiga “...18. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli o‘quv reja va fan dasturlarini to‘liq tugatgan va o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar qo‘yiladi” ko‘ra fanlardan akademik qarzdorliklarni bartaraf etish kerak.
Shu sababli, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 2024-yil 13-maydan 1-iyunga qadar, magistratura mutaxassisligi talabalari uchun 6-maydan 25-maygacha qayta o‘qishlar haftaligini tashkil etish kerak deb hisoblaymiz.
Bunda:
- qayta o‘qish davomida bir talaba 24 kreditgacha bo‘lgan fanlardan qarzdorliklarni qayta o‘qishi;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj akademik qarzdor bo‘lgan talabalarga ijtimoiy himoyalashni ta’minlash maqsadida qayta o‘qitish jarayonlari bepul tashkil etilishi va fanlarni qayta o‘zlashtirishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadga muvofiq;
- Qayta o‘qish davridan keyin ham akademik qarzdor bo‘lib qolgan talabalarni yozgi semestrdagi qayta o‘qishlarga jalb etish va ularga sentabr-oktabr oylarida Yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etishlariga sharoitlar yaratish mumkin.
Ushbu masalada filiali direktori F. Muxtarov, fakultet dekanlari O.Otaqulov, X.Sotvoldiyevlar fikr-mulohaza bildirdilar.
|
| |