|
Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan
|
bet | 36/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B. Polvonov axborot berdi.
Filialda yosh olimlar, dissertantlar hamda iqtidorli talabalar faoliyatiga doir olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘zga chiqqan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Polvonov TATU Farg‘ona filialida Ilmiy faoliyati bo‘yicha tadqiqotchilar, doktorantlar, iqtidorli talabalar tomonidan olib borilgan ishlar haqida taqdimot slaydlaridan foydalangan holda quyidagicha ma’lumot berdi.
1) Professor-oʻqituvchilar, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda amaliy yordam koʻrsatish orqali filial ilmiy salohiyatini oshirish. Kutilayotgan natija - 45%;
2) Fundamental yoki amaliy loyiha taklif (Mavzu) ishlab chiqish. Kutilayotgan natija – 9;
3) Fundamental yoki amaliy loyiha taklif (loyiha) ishlab chiqish. Kutilayotgan natija – 9;
4) Xalqaro grantlar tanlovida kafedralarning faol ishtirokini ta’minlash. Kutilayotgan natija – 1;
5) Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy, innovatsion grantlar tanlovida kafedralarning faol ishtirokini ta’minlash. Kutilayotgan natija – 23 ta;
6) Xo‘jalik shartnomalari soni va summasini oshirish. Kutilayotgan natija – 45 ta (200 mln. so‘m);
7) Ixtiro, Foydali model yoki Sanoat na'munasi uchun patent olish. Kutilayotgan natija – 2 ta;
8) Mahalliy va xalqaro miqyosda monografiyalar chop etish. Kutilayotgan natija – 28 ta;
9) Filialda innovatsion-korporativ hamkorlik faoliyatini keng koʻlamda yoʻlga qoʻyish. Kutilayotgan natija – 1 ta;
10) Filial iqtidorli, ibratli, Vatanga sadoqati yuqori boʻlgan talabalarining “Oltin fond”i ishini faollashtirish, kengaytirish hamda ularni fan olimpiadasida hamda Davlat stipendiyalari tanlovlarida faxrli oʻrinlarni egallashlariga erishish. Kutilayotgan natija – 15 talaba;
11) Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar” yarmarkasida faol ishtirok etish orqali xoʻjalik shartnomalari, shu jumladan “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar” respublika yarmarkasida shartnomalar tuzishni faollashtirish. Kutilayotgan natija – 3;
12) Professor-o‘qituvchilar va talabalarning Top-1000 dagi OTMlarda malaka oshirish, akademik almashinuv, stajirovka o‘tashi. Kutilayotgan natija – 10;
13) Professor-o‘qituvchilar tomonidan Scopus, Web of Sciyence kabi xalqaro ilmiy bazalarda indekslanuvchi jrnal va konferensiyalar maqola va tezislar chop etish. Kutilayotgan natija – 140.
Filial direktori bu masala yuzasidan munosabat bildirib, xo‘jalik shartnomalari, ilmiy loyihalarning moliyalashtirilishi, ularning tijoratlashtirilishi haqida gapirib o‘tdi hamda fakultet dekanlari va ilmiy bo‘limga ushbu ishlarni may oyining 20-sanasiga qadar yakunlashlarini aytdi.
B.Polvonov TATU Farg‘ona filialida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘ limining 2023/2024 o‘quv yili uchun ish rejasi ishlab chiqilgan.
Rejaga muvofiq quyidagi vazifalar belgilab olindi:
1. Filialda fakultetlar kesimida 1-2-3-4-kurslardan iqtidorli talabalar va ulardan chet tillarini bilish darajasini aniqlash.
2. Iqtidorli talabalarni salohiyatli professor-o‘qituvchilarga biriktirish.
3. Davlat va nomdor stipendiyaga nomzodlarni ro‘yxatini shakllantirish.
4. 2023/2024-o‘quv yilida talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlariga rahbar biriktirish va ijrosini ta’minlash maqsadida iqtidorli talablarning ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyati bo‘yicha mavzular ro‘yxatini taqdim qilish.
5. “Yoshlar akademiyasi” faoliyatini tashkil etish va muvofiqlantirish.
2023/2024-o‘quv yili sentyabr oyida iqtidorli talabalar bilan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
2023-yil 30-sentyabr kuniga qadar bo‘lim tomonidan 268 nafar iqtidorli talabalar saralab olinib, ro‘yxat shakllantirildi.
Xorijiy til sertifikatiga ega talabalar soni 67 tani tashkil etadi. Barcha iqtidorli talabalarga (professor-o‘qituvchilardan) ilmiy rahbar biriktirildi.
Filialda 36 ta fan to‘garaklar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, ulardan 5 tasi sport to‘garaklari. Fan to‘garaklarga filialning 578 dan ortiq talabasi qatnashib kelmoqda.
29-avgust 2023-yilning 1-sonli kengashning qaroriga asosan 35 talaba Davlat va nomdor stipendiyaga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
- Prezident stipendiyasiga - 2 nafar nomzod;
- Islom Karimov Davlat stipendiyasiga - 1 nafar nomzod;
- Beruniy Davlat stipendiyasiga - 1 nafar nomzod;
- Raqamli texnologiyalar Vazirligi stipendiyasiga - 16 nafar nomzod;
- Muhammad al-Xorazmiy nomli stipendiyaga - 12 nafar nomzod;
- O‘zbekiston radiotexnika elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati stipendiyasiga - 2 nafar nomzod;
- 12 talaba Davlat va nomdor stipendiyaga sazovor etildi.
- Prezident stipendiyasiga – 1 nafar;
- Islom Karimov Davlat stipendiyasiga – 1 nafar;
- Beruniy Davlat stipendiyasiga - 1 nafar;
- Raqamli texnologiyalar Vazirligi stipendiyasiga - 3 nafar;
- Muhammad al-Xorazmiy nomli stipendiyaga – 6 nafar.
2023/2024-o‘quv yilida - bosqichga qabul qilingan eng yuqori ball to‘plagan 41 nafar talabalarni filialning ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilariga biriktirildi.
Hozirgi kunda Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirlining buyrug‘iga asosan filialda “Yoshlar akademiyasi” ni tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. “Yoshlar akademiyasi’ ni lideri Yuldasheva Zilola magistratura 1 bosqich talabasi.
2024-yilning 14-mart kuni Andijon viloyati Paxtoobod tumaniga tanlovning ilk kuniga start berildi. “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining tuman bosqichi olkazildi va ishtirokchilar orasida 5 ta eng munosib loyiha g‘olib boiib viloyat bosqichiga yollanmani qolga kiritdi. Yo‘llanmani qolga kiritganlar orasida, Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Kompyuter injineringi fakulteti 681-22 guruh talabasi Bahodirov Nurislombek “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida tuman bosqichi g‘olibi bolib viloyat bosqichiga yollanmani qolga kiritdi.
2024-yildagi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida ishtirok etish maqsadida ro‘yxatdan otib, IQ testdan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar 2024-yilning 1-mart kunidan boshlab tumaii (shahar)lar kesimida o‘z loyihalarini taqdimot qilmoqdilar. Shu asnoda, 16 vart kuni Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida "Mirzo Ulug‘bek vorislari" Respublika tanlovining tuman bosqichi otkazildi va ishtirokchilar orasida 2 ta g‘olib ishtirokchilar orasida filialimizdan bir nafar Telekommunikatsiya injineringi fakulteti 631-23 guruh talabasi Ro‘zaliyev Muxammadaziz g‘olib bo‘lib viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
2024-yil 3-4 aprel kuni Farg‘ona Shahar Yoshlar ishlar agentligida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi va ishtirokchilar orasida 5 ta eng munosib loyiha g‘olib bo‘lib viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Yo‘llanmani qolga kiritganlar orasida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Kompyuter injineringi fakulteti 614-21 guruh talabasi Ibroximova Nafosatxon Paxlavon qizi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida shahar bosqichi g‘olibi bo‘lib viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ushbu masala yuzasidan direktor o‘rinbosari T.Abdullayev, fakultet dekani O.Otaqulov, kafedra mudirlari D.To‘xtasinov va O.Rayimjonovalar fikr-mulohaza bildirdilar.
|
| |