|
«Scopus» bo‘yicha H-indeksi (H-indeks) - 5 bo‘lgan professor- o‘qituvchilar ulushi
|
bet | 18/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)4. «Scopus» bo‘yicha H-indeksi (H-indeks) - 5 bo‘lgan professor- o‘qituvchilar ulushi. Kafedra professor-o‘qituvchilarining barchasida «Scopus» bazasida profillar yaratilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan faqatgina I.Bilolovda h-indeksi 1 ekanligi aniqlandi. h-indeksi 5 bo‘lgan professor-o‘qituvchilar xozircha yo‘q.
Muammo va Kamchilik: «Scopus» ga topshirilgan maqolalar bazada indekslanishi ancha vaqt talab qilmoqda. Undan tashqari “xishnik” jurnallar bo‘yicha etarlicha ma’lumotlar mavjud emas.
Takliflar: 2024-yilda kafedra profesossor-o‘qituvchilari barchasini h-indeks 5ga ko‘tarish chorala – tadbirlarini ishlab chiqish.
5. Kafedralardagi ma’naviy-axloqiy muhitni, pedagoglarning axloqiy sifatlarini muntazam ravishda tahlil qilinganlik holati. Kafedra professor-o‘qituvchilarining ma’naviy-axloqiy muhitini, pedagoglarning axloqiy sifatlarini muntazam ravishda tahlil qilib boriladi va mehnat intizomini buzganlardan sabablari o‘rganilib, tushuntirish xatlari olinadi hamda mehnat qonunchiligida ko‘rsatilgan tartibdagi tegishli choralar ko‘rib boriladi.
Muammo va kamchilik: Kafedra yig‘ilishlarida ma’naviy-axloqiy muhitini, pedagoglarning axloqiy sifatlarini muntazam ravishda tahlil qilib borilganligi holati kafedra bayonnomalarda o‘z aksini topmagan.
Takliflar: Kafedra professor-o‘qituvchilarining xar biri mehnat intizomiga va ichki tartib qoidalarga rioya qilishlari hamda kafedrani yig‘ilshlarida muntazam muhakama qilib borish maqsadga muofiq.
6. Xalqaro jurnallarda professor-o‘qituvchilar tomonidan maqolalar chop etilishi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargona filiali Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilarining “Scopus” va “Web of sciyence” ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda maqolalar chop e’tilgan.
7. Ilmiy ishlanmalar va ularning joriy etilishi. (ho‘jalik shartnomalari, pul-mablag‘larini tushumi). Kafedrada ilmiy ishlanmalar va ularning joriy etilishi natijasida xo‘jalik shartnomalari imzolangan, pul-mablag‘lari tushgan. “FARM SERVIS MUNAVVAR” MCHJ bilan 1000 000 so‘mlik, “INTEGRAL AVTOMATRA SERVIS” MCHJ bilan 2 000 000 so‘mlik shartnomalar tuzildi va tegishliligi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar ilmiy tadqiqotlarining amaliyotga tadbiq qismi doirasida vazifalarni bajardi va pul mablag‘larini filial hisobiga tushirgan.
Muammo va Kamchilik: Mutaxasislik bo‘yicha yirik soxa korxonalari bilan shartnomalar tuzish.
Takliflar: Mutaxasislik bo‘yicha yirik soxa korxonalari bilan shartnomalar tuzish va aloqalar o‘rnatish reja qilinmoqda.
|
| |