|
Professor-o‘qituvchilarning soha korxona va tashkilotlarida stajirovka o‘taganligi holati
|
bet | 14/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)18. Professor-o‘qituvchilarning soha korxona va tashkilotlarida stajirovka o‘taganligi holati. Kafedra professor-o‘qituvchilarini xizmat safarlariga hamda soha korxona va tashkilotlariga stajirovka o‘tishlariga xarakatlar rejalashtirilgan.
Muammo va kamchilik: Kelgusida kafedra professor-o‘qituvchilarini xizmat safarlariga hamda soha korxona va tashkilotlariga stajirovka o‘tishlariga harakatlar rejalashtirilgan, ammo amalga oshirish rejasi ishlab chiqilmagan
Takliflar: Kafedra professor-o‘qituvchilarini xizmat safarlariga hamda soha korxona va tashkilotlariga stajirovka o‘tishlariga yo‘naltirilsin.
19. Kafedrada tashkil etilgan ilmiy seminar, ilmiy laboratoriyalar. «International Software» MChJ (Farg‘ona shahri Yangi Turon ko‘chasi) kafedra filiali tashkil etilgan. Ushbu filialdan talabalar amaliyoti otkazish joyi va professor-o‘qituvchilarni ilmiy laboratoriyasi sifatida foydalaniladi.
Kafedrada ilmiy seminar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hususan 2023/2024 o‘quv yilida kafedra o‘qituvchilari M.Asrayev “Qo‘lyozma teksti tasvirlarni taxlili asosida shaxsni identifikatsiya qilish algoritmlarini yaratish”, X.Musayev “Trikotaj to‘qimalari nuqsonlarini aniqlash mashinasida sun’iy intellektni qo‘llash orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish”, B.Uzakov “Neftni birlamchi qayta ishlash texnologik jarayonlarini operativ boshqarishning situatsion modellari va algoritmlari”, A.Qayumov “Intellektual tizimlar asosida trikotaj to‘qimalari shakl saqlash xususiyatlarini aniqlashda SCADA monitoring tizimini yaratish”, M.Jo‘rayev “Agroklasterda suv iste’molining ekologik boshqaruvini geo-axborot tizimi asosida modellashtirish va algoritmlashtirish”, B.Xoshimov “Mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha vakuumli kolonna qurilmalarida neftni birlamchi haydashning operativ boshqarish model va algoritmlari” mavzularda ilmiy taqdimotlar o‘tkazishdi.
Muammo va Kamchilik: Kafedra ilmiy seminar faoliyatida davriyligi va rasmiylashtirishda kamchiliklar mavjud.
Takliflar Ilmiy seminar faoliyatini davriy usulda tashkil qilish va professor-o‘qituvchilarning dolzarb mavzulardagi ilmiy chiqishlarini tashkil etish.
|
| |