|
Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari bajarilishi monitoringi
|
bet | 13/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)13. Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari bajarilishi monitoringi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirinig Oliy ta’lim muassasasi professor –o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalari bo‘yicha yangi me’yorlar asosida professor-o‘qituvchilar shaxsiy ishrejalari ko‘rib chiqdilar hamda yangi me’yorlar bo‘yicha har bir o‘qituvchining shaxsiy ish rejalari filial Kengasininh 2023-yil 29-avgust 1-son bayoni bilan tasdiqlangan. Kafedra professor-o‘qitruvchilari tomonidan birinchi yarim yillik rejasi 70% bajarilgan
14. Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi HEMIS (Higher Education Management Information Systems) joriy etilganlik hamda foydalanish holati. Kafedrada ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi HEMIS (Higher Education Management Information Systems) joriy etilganlik hamda foydalanish holati yuzasidan olib borilgan ishlar aniq reja va topshiriqlar asosida bajarilmoqda.
15. Ta’lim berish tillari bo‘yicha barcha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklarning o‘quv adabiyotlari bilan yetarli darajada ta’minlanganligi. Kafedrada o‘qitiladigan 15 ta fandan kamida 1 nusxa darslik yoki fan bo‘yicha asosiy adabiyotlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanma kutubxonada mavjud. Kitoblarning ba'zi nusxalari 5 dan 50 nusxagacha.
Muammo va Kamchilik: kutubxonada fanlar boʻyicha asosiy adabiyotlar soni yetarli emas.
Takliflar: 6 talabaga 1 ta kitobni hisoblash uchun kutubxonada mavjud kitoblar sonini ko‘paytirish kerak.
16. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasining tahliliy o‘rganib borilganligi, shuningdek kafedra tashkiloti kengashi (kollegial organi)da muhokama qilinganligi. Kafedra kengashida kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlanganligi masalalari muhokama qilindi. Asosiy fanlar bo‘yicha darsliklar sonini 1 talabaga 6 ta kitobgacha yetkazish zarurligi ta’kidlandi.
Muammo va Kamchilik: Kutubxonada fanlar boʻyicha asosiy adabiyotlar soni yetarli emas
Takliflar: 6 talabaga 1 ta kitobni hisoblash uchun kutubxonada mavjud kitoblar sonini ko‘paytirish kerak
17. Fanlarni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash va yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilganligi va ularning bajarilish holati. Kafedra kengashida joriy etilayotgan fanlar bo‘yicha yangi avlod darsliklarini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, Dasturlash fani bo‘yicha yangi avlod elektron kitobi ishlab chiqilmoqda.
Takliflar: Yangi avlod darsliklarini yaratish, ularni sinovdan o‘tkazish va o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha jahon amaliyotini o‘rganish zarur.
|
| |