Kun tartibidagi to‘rtinchi masala yuzasidan




Download 133,14 Kb.
bet9/40
Sana12.10.2024
Hajmi133,14 Kb.
#274648
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
9-yigilish-bayonnomasi (1)

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala yuzasidan Xorijiy tillar kafedrasi mudiri G. Obidova axborot berdi.
Xorijiy tillar kafedrasida barcha kurslar bo‘yicha 2023/2024-o‘quv yiliga o‘quv ishlari hajmi 8457 soatni tashkil etadi. Shundan, ma’ruza soatlari yo‘q, amaliy mashg‘ulotlar 8457 soat. Kuzgi semestrga o‘quv ishlari hajmi 4771 soat. Bahorgi semestrga o‘quv ishlari hajmi 4176 soat. O‘quv ishlarini bajarishga 13.75 shtat birligi ajratilgan bo‘lib, shundan: kafedra mudiri 1 ta; dotsent 2 ta, katta o‘qituvchi 3.50 ta; assistent 7.25 tani tashkil qiladi.
Filialda chet tili bo‘yicha Xorijiy til va Xorijiy til 1 fanlari mavjud. Birinchi kurs bakalavr, Sirtqi ta‘lim, sirtqi (ikkinchi oliy ta’limga) masofaviy ta’limning 1-bosqich talabalariga o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Sillabuslar tayanch oliy ta‘lim tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy dastur bo‘yicha tayyorlanadi.
Kafedraning barcha o‘qituvchilarida C1 sertifikat mavjud. Filialda jami 67 nafar talabada til bilish sertifikatlari mavjud.
O‘quv-uslubiy ishlari bo‘yicha jami 2 tadarslik, 6 ta uslubiy qo‘llanma va 5 ta uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlandi.
Kafedraning ilmiy salohiyati hozirgi kunda 11% tashkil etadi.Kafedrada 1 ta PhD, 1 ta doktorant, 3 ta mustaqil tadqiqotchi hamda 3 ta erkin tadqiqotchilar faoliyat olib bormoqdalar.
Ilmiy maqolalar bo‘yicha kafedra jami 9 ta Scopus bazasiga maqola tayyorladi, unda 2 ta maqola indekslandi. OAK tasarrufidagi jurnallarga 20 ta, impakt faktori yuqori bo‘lgan jurnallarga maqola chiqarildi. Undan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan10 ta xalqaro IT sertifikatlari qo‘lga kiritildi. 2 ta professor-o‘qituvchi milliy malaka oshirish markazidan va 1 ta professor-o‘qituvchi xorijiy malaka oshirishni muvaffaqiyatli tamomladilar. Hozirda kafedrada jami 7 ta DGU guvohnomalari mavjud.
Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti G.Obidova tomonidan “Kompleks yondashuv asosida talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish texnologiyasi” (ingliz tilini o‘qitish misolida)” mavzusidagi 13.00.02- Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi ishi bajarilishi holati bo‘yicha seminar o‘tkazilishu kutilmoqda. Dissertatsiya ishi 2023/2024-o‘quv yiliga yakuniga qadar himoya qilish bo‘yicha vazifalari belgilab berilgan.
Katta o‘qituvchi M.Muminovaning “Ingliz va o‘zbek tillarida “Vaqt” konseptli birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari” 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi ishi bajarilishi holati bo‘yicha seminardan o‘tib himoyaga qabul qilingan. Dissertatsiya ishi qisqa muddat ichida himoyaga chiqishi rejalashtirilgan.
Assistent Meliqo‘ziyev Azimjon Latifjon o‘g‘lining 10.00.11 - “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Paralingvistik vositalarning tipologik tadqiqi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi kafedra muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Dissertatsiya ishining himoyasi 2024-yil yakuniga qadar himoyaga chiqishi rejalashtirilgan.
Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan Farg‘ona axborot texnologiyalari texnikumida 72 soatlik o‘quv mashg‘ulotlari va master klassalar yil davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borildi.
Kafedra tomonidan ingliz tilini biladigan iqtidorli talabalarni aniqlab olish hamda kelajakda til bilish sertifikatiga ega bo‘lishga jalb qilish maqsadida 24-aprelda filialning ichki olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Hozirgi kunda kafedrada jami 3 ta fan to‘garaklari faoliyat yurgizib bormoqda.
Zamon talablaridan kelib chiqib filial rahbar-xodimlariga ingliz tilini o‘rgatish maqsadida “Speaking club” tashkil qilindi. Unda rahbar-xodimlar guruhi 2 taga bo‘linib haftasiga 3 marotaba o‘quv mashg‘ulotlarin olib borilishi rejalashtirildi.
Filialda hozirgi kunda talabalarga ingliz tilida dars mashg‘ulotlari olib borish uchun 6 ta elita guruh tashkil etilgan:

  • Dasturiy injiniringi va Raqamli iqtisodiyot fakultetida 3 ta: 660-23, 667-23, 660-21 guruhlar.

  • Telekommunikatsiya injiniring va kasb ta’limi fakultetida 1 ta: 631-21 guruh

  • Kompyuter injiniringi fakultetida 616-21, 613-20-guruhlar.

Elita guruhlarga 11 nafar professor-o‘qituvchilar dars mashg‘uloti olib bormoqda.
Jami 6 ta guruhga 11 ta o‘qituvchilar 10 fandan ingliz tilidan dars mashg‘ulotlari olib borishi filial direktorining 2024-yil 21-fevraldagi 50-son buyrug‘i chiqqan.
Ushbu masala yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.Abdullayev, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Sh.Umarov va Kengash kotibi N.Qurbonovlar fikr-mulohaza bildirdilar.



Download 133,14 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Download 133,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kun tartibidagi to‘rtinchi masala yuzasidan

Download 133,14 Kb.