|
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va sport-sog‘lomlashtirish masalalari
|
bet | 6/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va sport-sog‘lomlashtirish masalalari. Joriy yilning 18-20-aprel kunlari TATU va uning hududiy filiallari o‘rtasida tashkillangan “TATU yoshlari-kelajak bunyodkorlari – Qarshi-2024” forumi bo‘lib o‘tdi. Bunda filialimiz jamoasi munosib ishtirok etib, yestalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Oliygohimizda “Xon atlas” festivali haftaligi doirasida filialning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Z.Otaxonova tashabbusi bilan o‘qituvchi va xodimlar, faol talaba-qizlar o‘rtasida “Milliy liboslar millat yuzidir” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan, filialda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22-aprelidan 10-mayiga qadar TATU Farg‘ona filialida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sport sinovlarini topshirishning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hurmatli jamoa! So‘zimni so‘nggida filialimizda uzoq va mashaqqatli mehnat qilgan, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan zot Soliyev Nabijon akani xotirlasak. Ustoz umrining so‘nggi kunlarida vasiyat sifatida “rahbarlaringizni ehtiyot qilinglar”, deb qayta-qayta ta’kidladilar.
Bugungi kengaytirilgan yig‘ilishda jamoaga yetkaziladigan masalalar shundan iborat edi. Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalalarni kengash a’zolari bilan Kiberxavfsizlik markazida davom ettiramiz. E’tiboringiz uchun rahmat.
Kun tartibining ikkinchi masalasida filial Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i A.Abdulxamidov axborot berdi.
TATU Farg‘ona filialiga joriy yilning 2024-yil 1-apreldan 30-aprelgacha yuqori tashkilotlardan va idoralardan kelib tushgan hujjatlar hamda topshiriqlar soni jami 303 tani tashkil etdi.
|
| |