• O‘quv ishlari bo‘yicha.
  • Bayonnomasi 2024-yil 4-may Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a




    Download 133,14 Kb.
    bet5/40
    Sana12.10.2024
    Hajmi133,14 Kb.
    #274648
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    Bog'liq
    9-yigilish-bayonnomasi (1)

    Xalqaro aloqalar bo‘yicha. Janubiy Koreyaning Busan shahrida joylashgan, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ularning eksporti bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar o‘ntaliklari ro‘yxatida turuvchi Dong-A universiteti va TATU Farg‘ona filialining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Xorijiy talabalar bilan do‘stlik ko‘prigi” onlayn uchrashuvi o‘tkazildi.
    Bundan ko‘zlangan maqsad universitetlar haqida o‘zaro ma’lumotlar almashish ya’ni o‘quv jarayonlari, labarotoriyalar, talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishish hamda xorijiy talabalar bilan do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.
    Joriy yilning 19-20-aprel kunlari filial Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi, Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan TATU Farg‘ona filiali hamda Qirg‘iz-Turk Manas universiteti hamkorligida “Xalqaro Hakaton – 2024” o‘tkazildi.
    Xakatonda har ikkala universitetdan 3 tadan jamoa ishtirok etib, filialning Simple-team jamoasi 2-o‘rinni egalladi va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi. Mazkur Xakaton orqali Qirg‘iz-Turk Manas universiteti vakillari bilan kelajakda ham hamkorlikda ko‘plab shunday tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.
    TATUning Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi tomonidan joriy yilning 24 aprelidan 1 mayiga qadar hududiy filiallarning xalqaro hamkorlik bo‘limi boshliqlari uchun seminar-treninglar o‘tkazildi. Bunda filialimizning mas’ul xodimlari ham munosib ishtirok etdilar.
    Ushbu treningda grant loyihalarni qo‘lga kiritish, xorijiy professor-o‘qituvchi, malakali mutaxassis hamda talabalarni ta’lim jarayonlariga jalb qilish, hamkorlik aloqalari, memorandum va shartnomalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishni tashkil etish kabi masalalar muhokama etildi.
    O‘quv ishlari bo‘yicha. Prezidentimizni joriy yilning 5 fevral kungi ijtimoiy sohalarda ustivor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi topshiriqlari asosida, TATU Farg‘ona filiali va Farg‘ona shahridagi Avtooyna mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan Oliy ta’lim hamda ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi hamda kelishuv memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra endilikda haftaning har payshanba kuni “Avtooyna” MChJ korxonasida filial talabalari uchun dars mashg‘ulotlari olib boriladi.
    Shuningdek, yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, filialning Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi dotsenti Iskandarov Usmonali Umarovich tomonidan “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Farg‘ona filialining ilmiy laboratoriyasida ushbu yo‘nalish talabalariga amaliy dars mashg‘ulotlari olib borildi.
    Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasining professor-o‘qituvchilari “Bino-inshootlarga o‘rnatilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari” nomli MChJ hududida kafedra ilmiy laboratoriya poligonini yaratish maqsadida xududning shart-sharoitlarini o‘rganish uchun Oltiariq tumaniga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrif davomida ilmiy tadqiqotlar natijalarini laboratoriya sharoitida o‘rganish uchun o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzildi.
    Joiy yilning 18-aprel kuni filialning Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi Hamkorbank aksionerlik tijorat banki bilan hamkorlikda bitiruvchi talabalar uchun bankning bosh ofisida amaliyot, stajirovka o‘tash hamda kelajakda bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish maqsadida tanlov tashkil etildi. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan 100 dan ortiq rezyumelar topshirildi.
    Filialning 15 nafar bitiruvchisi ushbu tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, Hamkorbankning bosh ofisida belgilangan muddatlarda amaliyot o‘tash va kelajakda ishga joylashish uchun qabul qilindi.
    “Bog‘cha – maktab – universitet” uchinchi renessansga eltuvchi yo‘llardir.
    Yosh avlodni aqlan yetuk va jismonan barkamol etib tarbiyalash bilan bir qatorda ularni zamonaviy axborot-texnologiyalaridan oqilona foydalangan holda yirik daromadli kasblarni egallashlarini ta’minlash maqsadida qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.
    Mazkur tashabbuslarning mantiqiy davomi sifatida joriy yilning 25 aprel kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda TATU Farg‘ona filiali o‘rtasida ilmiy uchrashuv tashkil etildi va hamkorlik memorandumi imzolandi.
    Shuningdek, filial rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida bo‘lib, yoshlarni harbiy Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, istiqboldagi hamkorlik masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.
    IT sohasida ta’lim olayotgan talabalarning ma’muriy islohotlar jarayonida raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ularni ish bilan ta’minlashga zarur imkoniyatlarni yaratish, filial talaba yoshlarining muvaffaqiyatli kareralarini qurishga ko‘maklashish maqsadida TATU Farg‘ona filiali IT Park bilan hamkorlikda «Job Feyr 2024» Karera kuni tashkil etildi. Bunda AQSh ning “Silk Road Professionals” kompaniyasi asoschisi janob Jeyms Venger, Biznes Dasturlash markazi rahbari, “Premium Soft.uz” ta’sischisi va boshqa kompaniya rahbarlari o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashib, filial talaba yoshlariga amaliy tavsiyalar berdilar.
    Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismida vakansiyalar, amaliyot va stajirovkalar taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu yarmarkada Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan jami 35 ga yaqin mahalliy soha korxonalari va IT kompaniyalari bilan birgalikda 3 ta xorijiy kompaniya ham ishtirok etib, o‘zlarining 567 ta vakansiyalari hamda 473 ta stajirovka va amaliyot dasturlarini taqdim etishdi, bu esa talabalarga rivojlanish va kasbiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
    “Job Fair – 2024” da soha korxonalari hamda IT kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan vakansiyalar bo‘yicha 30 nafarga yaqin talabalar ishga joylashdi, 375 nafarga yaqin talabalar bilan amaliyot o‘tash bo‘yicha kelishuvga erishildi, 23 nafarga yaqin talabalar haq to‘lanadigan stajirovkaga yo‘naltirildi.
    Ushbu tadbirlar yakunida bir qancha soha korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Download 133,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 133,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bayonnomasi 2024-yil 4-may Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a

    Download 133,14 Kb.