|
Filialda iqtidorli talabalar va iste’dodli yoshlar faoliyati bo‘yicha
|
bet | 4/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)Filialda iqtidorli talabalar va iste’dodli yoshlar faoliyati bo‘yicha. Oliygohimizda olib borilayotgan ilmiy-amaliy islohotlarimiz natijasida iqtidorli talabalarmizning safi yanada kengaymoqda. Buning yana bir yorqin natijasi o‘laroq, joriy o‘quv yilida 6 nafar TATU Farg‘ona filiali talabalari Muhammad al-Xorazmiy nomli stipendiya sovrindori bo‘ldilar. O‘tgan o‘quv yilida esa bu ko‘rsaktich 4 nafarni tashkil etgan edi.
Shuningdek, filialning Kompyuter injiniringi fakulteti talabasi Abdusalimov Muhammadali Shuxrat o‘g‘li Vorld nolidj (Worldly knowledge) ilmiy markazi tomonidan tashkillangan “Yangi Renessans” yoshlari tanlovida o‘zining yorqin ijodiy va ilmiy ishi bilan faol ishtirok etib, “Eng faol ijodkor – 2024” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
O‘tgan oyda istedodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda viloyatlar hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanlovining navbatdagi viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Filialimizning 2 nafar iqtidorli talabasi Ibrohimova Nafosatxon va Ro‘zaliyev Muxammadazizlar ushbu tanlovning viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallab, maxsus sertifikat va 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ldilar hamda Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.
Bundan tashqari, Ro‘zaliyev Muxammadaziz Andijon davlat chet tillari institutida ikkinchi an’anaviy Yoshlar akademiyasi forumida ham faol ishtirok etib, esdalik sovg‘alari va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Filialimizning iqtidorli talabalaridan iborat “Texnovoy” va “Megamind” jamoalari Qo‘qon universitetida bo‘lib o‘tgan “Roboku – 2024” robototexnika musabaqasida munosib ishtirok etdilar.
Ushbu musobaqada Axborot xavfsizligi kafedrasi assistenti R.Raxmatov ilmiy raxbarligidagi “Megamind” jamoasi 30 ta jamoa ichidan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, noutbuk hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Oliygohimizda professor-o‘qituvchi va talabalar uchun chet tilini bilish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan Speaking Club loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha filial professor-o‘qituvchi va talabalarini chet tillaridan mavjud bilimlarini mustahkamlashlari va o‘zaro muloqot doirasida fikr almashishlari uchun xizmat qiladi.
|
| |