• Moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha.
  • Ilmiy ishlar bo‘yicha.
  • Bayonnomasi 2024-yil 4-may Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a




    Download 133,14 Kb.
    bet3/40
    Sana12.10.2024
    Hajmi133,14 Kb.
    #274648
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    Bog'liq
    9-yigilish-bayonnomasi (1)

    Hurmatli jamoa! Bugungi yig‘ilishimizda 2024-yilning aprel oyi davomida filial rahbariyati, xodimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan strategik rejada belgilangan muhim vazifalar asosida amalga oshirilgan ishlar hamda qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida quyidagilarni e’tiboringizga havola qilmoqchiman.
    Moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha. TATU Farg‘ona filialiga Farg‘ona tumani Shohimardon MFY hududida 0,22 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi asosida “Ilmiy ijod - IT poligon” maskani barpo etish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi Farg‘ona viloyat hokimining qarori qabul qilindi va dastlabki qurilish ishlariga start berildi.
    Shuningdek, filialning 1-o‘quv binosi kirish qismida Strategik tahlil va istiqbolni belgilash markaziga hamohang tarzda Univer Expo Centre markazi barpo etilmoqda.
    Qolaversa, talabalarning bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazishlari uchun “Karaoke” markazi tashkil etilib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
    Ilmiy ishlar bo‘yicha. Filialimizning ilmiy salohiyati o‘sishda davom etmoqda. O‘tgan oyda Axborot xavfsizligi kafedrasi dotsenti Turdimatov Mamirjon Mirzayevich va Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Umurzakova Dilnoza Maxamadjanovna dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldilar.
    Filialning Dasturiy injiniring kafedrasi katta o‘qituvchisi Asrayev Muxammadillo Abdullajon o‘g‘li hamda Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Porubay Oksana Vitalevnalarning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.
    Ushbu yilda filialimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan Web of Sciyence, Scopus xalqaro ilmiy bazalariga kiruvchi jurnal va to‘plamlarida e’lon qilingan maqola hamda tezislar tegishli tartibda indeksatsiya bo‘lmoqda. Natijada, dastlabki bosqichda taqdim etilgan ilmiy materiallarni indeksatsiya bo‘lishi sababli ushbu Scopus bazasidagi h-index 3 va undan yuqori bo‘lganlar safida ijobiy o‘sish dinamikalari kuzatila boshladi.
    Tez orada, bunday yutuqlar safi kengayib, ko‘rsatkichlar salmog‘i yanada ortishi hamda ijobiy muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lishini kutib qolamiz.
    Filialimizda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy daraja hamda ilmiy unvonlarga tavsiya etish va talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Dotsentlik korpusi” tashkil etilib, filial miqyosidagi ilmiy seminarlar doimiy o‘tkazilmoqda. Navbatdagi o‘tkazilgan ilmiy seminar ham ilmiy-tadqiqotchilarning tasdiqlangan mavzulari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari muhokamasiga bag‘ishlandi.

    Download 133,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 133,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bayonnomasi 2024-yil 4-may Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a

    Download 133,14 Kb.