|
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan
|
bet | 8/40 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 133,14 Kb. | | #274648 |
Bog'liq 9-yigilish-bayonnomasi (1)Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Tolipovning axboroti eshitildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Dasturda belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida filialda amalga oshiriladigan ishlarning chora-tadbirlar rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-apreldagi 3/15-160-sonli xati asosida ishlab chiqildi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish” bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi asosida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi:
fakultetlarda “9-may - “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni oʻtkazish” bo‘yicha reja ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida tadbirlarni tashkil etish;
- may oyida “Vatanparvarlar bogʻi” yodgorlik majmuasi va FarDU qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi, hamda viloyat “O‘lkashunoslik” muzeyiga talabalar va xodimlarining ekskursiyalarini tashkil etish;
- 6-may kuniga qadar Ikkinchi jahon urushi jang maydonlarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini koʻrsatgan koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan gʻalabani taʼminlashga qoʻshgan munosib hissasi, jasorati, mardligi, vatanparvarligi kabi tarixiy voqealarni rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik asarlari yordamida tarannum etish orqali yoshlarning maʼnaviy yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, xalqimizning tarixiy xotira bilan yashab, oʻtganlar xotirasini yod etish maqsadida “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida talabalar o‘rtasida ijodiy ishlar koʻrik-tanlovini tashkil etish;
1-9 may kunlari davomida talaba-yoshlarni harbiylik kasbga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qismlarga tashrifini uyushtirish va u yerda yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishishi uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish. Harbiy qismlarda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, suhbat-munozaralar, sport oʻyinlari (arqon tortish, turnikda tortilish, arm-restling, nayza va granata uloqtirish, stol tennisi, shaxmat, shashka, valeybol, basketbol)ni tashkil etish;
- TATU Farg‘ona filiali qoshidagi akademik litsey va filialga biriktirilgan umumtaʼlim maktablarida faxriylar ishtirokida Ikkinchi jahon urushi gʻalabasiga Oʻzbekiston xalqining qoʻshgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi darslarini tashkil etish va oʻtkazish.
Ushbu masala yuzasidan Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Salmonov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Otaxonova, filial Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi I.Rustamovlar fikr-mulohaza bildirdilar.
|
| |