• 2.Talabalar turar joylarida yaratilgan shart-sharoitlar monitoringi.
  • Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidan




    Download 133,14 Kb.
    bet10/40
    Sana12.10.2024
    Hajmi133,14 Kb.
    #274648
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
    Bog'liq
    9-yigilish-bayonnomasi (1)

    Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidan Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i M.Teshaboyev axborot berdi.
    Dasturiy injiniring kafedrasi bo‘yicha.
    1. Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish va qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar. 2020-2021 yildan buyon kafedrada “Yosh olimlar maktabi” tashkillangan va kafedra daotsenti R.Zulunov boshchiligida yosh o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati kuzatib boriladi, ilmiy maslahatlar beriladi.
    Kelgusi 2024-yilda kafedrada asosiy e’tiborni ilmiy saloxiyatni oshirishga qaratiladi hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini salmoqli bo‘lishiga e’tibor kuchaytiriladi. Kafedraning 4 nafar hodimi 2023-yilda va 1 nafar hodimi 2024-yilda tayanch doktaranturaga qabul qilingan. 2024-yil 17-aprelda kafedra katta o‘qituvchi M.Asrayev 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligi bo‘yicha “Qo‘lyozma matni tasviri tahlili asosida shaxsni identifikatsiyalash algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi va 3 nafar hodimi mustaqil izlanuvchi sifatida PhD dissertatsiyalarini himoyaga tayyorlamoqdalar.
    Muammo va Kamchilik: Kafedraning ilmiy salohiyati 14,3 % ni tashkil etadi, kafedradagi ilmiy darajalari mavjud ustozlar shogirdlar tayyorlamaganlar.
    Takliflar: 2024-2025-yillarda kafedrada asosiy e’tibor ilmiy saloxiyati oshirishga qaratilgan chora tadbirlar rejalashtirilgan.
    2.Talabalar turar joylarida yaratilgan shart-sharoitlar monitoringi. Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida berilgan jadval asosida navbatchilik olib borilmoqda. Talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar talabga javob beradi.
    Muammo va Kamchilik: Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan umumiy holat o‘rganilganda ayrim talabalarning xonalari sanitariya-gigiyena talablari xolatlariga javob bermasligi hamda elektr jihozlaridan foydalanishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlangan.
    Takliflar: Talabalar tomonidan “Talabalar turar joyi”dagi mebellar, inventarlar va boshqa jihozlarga e’tiborni hamda ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish zarur.

    Download 133,14 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




    Download 133,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidan

    Download 133,14 Kb.