• 9. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlarning o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi va o‘quv jarayonida qo‘llanilishi holati.
  • 11. Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati.
  • Himoyalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar




    Download 133,14 Kb.
    bet12/40
    Sana12.10.2024
    Hajmi133,14 Kb.
    #274648
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
    Bog'liq
    9-yigilish-bayonnomasi (1)

    8. Himoyalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar. Kafedra tarkibidagi magistrantlar uchun o‘z ilmiy va tadqiqot ishlarini olib borishda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Kafedra tarkibidagi doktorantlar o‘z oldilariga qo‘ygan ilmiy ishlari himoyalari uchun erkinliklar berilgan, amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Buning natijasida M.Asrayev 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligi bo‘yicha “Qo‘lyozma matni tasviri tahlili asosida shaxsni identifikatsiyalash algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoya qilgan.
    Takliflar: Avval kafedrada ishlagan va muvaffaqiyatli himoya qilgan xodimlarni yana kafedraga jalb etish.
    9. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlarning o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi va o‘quv jarayonida qo‘llanilishi holati. Barcha ishchi dasturlar 2023–yil 29–avgust 1-son bayoni bilan tasdiqlangan.
    10. Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun o‘quv-me’yoriy hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek, yangi kiritilgan fanlarning professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qitilishi holati. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishi uchun o‘quv-me’yoriy hujjatlari ishlab chiqilgan va 2023-yil 29-avgust 1-son bayoni bilan tasdiqlangan.
    Muammo va Kamchilik: Kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlarida muammo va kamchiliklar yo‘q.
    Takliflar: Kafedrada yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlari asosida dars mashg‘ulotlari to‘laqonli o‘tilishini ta’minlash zarur.
    11. Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati. Kafedrada fanlar bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim oluvchi talabalar uchun mustaqil ishlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Ishchi o‘quv dasturlarida mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlar, mavzulari, bajarish muddati belgilangan. Mustaqil ishning mazmun-mohiyati fanning namunaviy dasturi asosida adabiyotlar bilan ishlash, ayrim mavzularni mustaqil o‘rganish, internetdan foydalanish, referatlar yozish, amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish, hisobotlarni tayyorlash va boshqa muhim o‘quv jarayoniga bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajarishdan iborat. Mustaqil ishlarni bajarishga muntazam nazorat o‘rnatish, jadval asosida bajarilishini ta’minlash va qabul qilish asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun kafedra professor-o‘qituvchilari har bitta akademik guruh talabalari bilan yakkama-yakka ish olib borishi, ularning ish faoliyatini tashkil qilishi, maslahatlar o‘tkazishi talab qilinadi. Fanlar bo‘yicha mustaqil ishlarni bajarilishi tahlil qilinadi va vazifalar belgilab olingan.
    Muammo va Kamchilik: Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati qoniqarli. Sirtqi bo‘lim talabalari mustaqil ishlari tashkil etishda barcha talabalar to‘liq qamrab olinmagan. Kamchiliklar yo‘q.
    Takliflar: Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tiladigan fanlardan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda talabalarning faolligini oshirishga erishish maqsadga muvofiqdir.
    12. Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etilishi. Jumladan, kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj shakllanganligi, dasturlarni ishlab chiqishdagi kadrlar iste’molchilarining ishtiroki, talabalar amaliyoti (stajirovka)ning ish beruvchi tashkilot (korxona)larda o‘tkazilishi va bitiruvchilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashuvi monitoringi. Kafedrada talabalarning ishga joylashuvi monitoringgi muztazam ravishda olib boriladi.
    Takliflar: Kafedrada talabalarni ishga joylashuvi haqida korxonalar bilan kelishuvlar qilish.

    Download 133,14 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




    Download 133,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Himoyalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar

    Download 133,14 Kb.