• 21. Kafedra mutaxasislik ta’lim yo‘nalishlari talabalarini fan olimpiadalari, START UP va boshqa loyiha tanlovlarda ishtiroki.
  • 23. Kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi va uning bajarilishi.
  • 24. Kafedra tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ularning rasmiylashtirilishi.
  • Kafedrada to‘garaklar, iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etilganligi (hujjatlarni rasmiylashtirilganligi)




    Download 133,14 Kb.
    bet15/40
    Sana12.10.2024
    Hajmi133,14 Kb.
    #274648
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
    Bog'liq
    9-yigilish-bayonnomasi (1)

    20. Kafedrada to‘garaklar, iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etilganligi (hujjatlarni rasmiylashtirilganligi). 3 ta to‘garak tashkil qilingan. Tashkil etilgan to‘garaklar iqtidorli talabalarni qamrab olgan bo‘lib, ular Respublikada tashkil etilagigan Dasturlash bo‘yicha jahon chempionati, hakatonlar va StartUp lar da faol ishtirok etib kelmoqda.
    21. Kafedra mutaxasislik ta’lim yo‘nalishlari talabalarini fan olimpiadalari, START UP va boshqa loyiha tanlovlarda ishtiroki. 1 ta jamoa (3 hafar talaba) Xalqaro dasturlash chempionatida keyingi bosqichga o‘tib, Qozoqistonda tashkil etilgan chempionatda qatnashgan.
    22. Professor-o‘qituvchilarini xorijiy-ilmiy stajirovkalari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari. Dasturiy injiniring kafedrasi katta o‘qituvchisi Gorovik Aleksandr Alfredovich Ozarbayjon Respublikasi Baku shahridagi Gasan Aliyev nomidagi Geografiya institutida 2023-yil 18-oktabrdan 20-noyabrgacha malaka oshirib qaytdi. 2024-yil fevral oyida kafedra katta o‘qituvchida Sodiqova Munira Alisherovna Qirg‘iziston Respublikasi M.M.Adishev nomidagi O‘sh texnika universitetida o‘z malakasini oshirib keldi.
    23. Kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi va uning bajarilishi. Kafedra rejasiga kiritilgan tadbirlarning barchasi deyarli o‘z vaqtida bajarib kelinmoqda. Barcha tadbirlarning fotolavhalari va bayonnomalari rasmishlashtirib kelingan.
    Takliflar: Kafedraning rejadan tashqari, yo‘nalishga oid bo‘lmagan tadbirlarga jalb qilinishi kamaytirilsa, ilmiy – o‘quv ishlardagi faolligiga samarali yordam bo‘lar edi.
    24. Kafedra tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ularning rasmiylashtirilishi. Dasturiy injiniring kafedrasining 2023/2024-o‘quv yili uchun belgilangan kafedra ish rejasiga kiritilgan va rejalashtirilmagan tadbirlardagi faolligi sezilarli darajada ortgan. Har oylik tadbirlar rejasi navbattan tashqarida o‘tkazilgan tadbirlarda kafedraning ishtiroki ta’minlangan va tadbirlar kafedra kotibi tomonidan rasmiylashtirib borilgan.
    Kafedrada oktabr oyida “1-oktabr Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan ikkinchi binoning faollar zalida talabalar bilan hamkorlikda bayram tadbiri o‘tkazildi. Bunda Dasturiy injiniring yo‘nalishi talabalari faol qatnashdilar.
    Kafedrada dekabr oyida “1-dekabr Butun dunyo OITS ga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. “8-dekabr Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” Shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Dasturiy injiniring yo‘nalishi talabalari faol ishtiroki ta’minlangan. Ular huquq bilimdoni musobaqasida birinchi o‘rinni egalladilar.
    Kafedrada 2022-yil noyabr oyi boshida kafedra assistent o‘qituvchisi Z.Ermatova tomonidan filialning “TATUFF ovozi onlayn radio” si tashkil qilindi. Har bir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni e’lon va namoyishlari radioda yoritib kelinmoqda. 10-dekabr O‘zbekiston respublikasi madxiyasining qabul qilingan kuniga bag‘ishlab radio jamoasi “Siz buni bilasizmi” chelenjini tashkil qildi. Bu tadbirda professor-o‘qituvchilar va talabalar faol qatnashdilar.
    Dekabr oyining oxirgi haftasida talabalar turar joyida kafedra tomonidan davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat mavzusi dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha filliada olib borilayotgan ilmiy loyihalarga va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishda talabalar ishtirokini oshirish mavzusida bo‘ldi.
    Yanvar oyining 13-ynavar sanasida filialimizda “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Osh chempionati” va professor-o‘qituvchilar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi va ularni sog‘lashtirishga qaratilgan sportning mini futbol va ayollar o‘rtasida stol tennis musobaqalari o‘tkazildi. Kafedraning o‘qituvchilari ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladilar.
    Mart oyida kafedra ayollar bayramiga bag‘ishlangan “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan filial miqiyosida katta tadbir tashkil qilindi.
    Takliflar: Kafedra tomonidan tashkillangan dasturlash musobaqasini har yili o‘tkazish va moddiy rag‘batlantirish an’anaga aylantirilsa yaxshi bo‘lar edi. Bu talabalarimizni dasturlash yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqishini yanada orttiradi.



    Download 133,14 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




    Download 133,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedrada to‘garaklar, iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etilganligi (hujjatlarni rasmiylashtirilganligi)

    Download 133,14 Kb.