Statik tiristorli qo'zg'atish sistemalari




Download 5.49 Mb.
bet7/8
Sana16.02.2023
Hajmi5.49 Mb.
#42453
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını
Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, 1666731973, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test
3. Statik tiristorli qo'zg'atish sistemalari
Statik tiristorli sistemalar asosidagi qo'zg'atish sistemasini ko'rib o'tamiz.
Hozirgi davrda 200 MVt va undan yuqori quvvatli generatorlar qo'zg'atish sistemalarining asosi bo'lib boshqarilmaydigan to'g'rilagichli o'zgaruvchan tok mashinalari yoki yuqori chastotali, shchetkasiz va tiristorli boshqariluvchi to'g'rilagichlar hisoblanadi.
Yuqori chastotali sistema qo'zg'atkich sifatida sinxron generatorning valida joylashib, uni qo'zg'atish chulg'amini (GQСh) rostlanmaydigan to'g'rilagich (TR) orqali ta'minlovchi yuqori chastotali (500 Gts) induktorli generator (IG)ga ega (1.16- rasm). IGning uchta qo'zg'atish chulg'amidan ikkitasi qo'zg'atish tokini berilgan qonun bo'yicha rostlab, uni hosil qilib turuvchi qo'zg'atishni avtomatik rostlagichi (QAR)ga ulanadi. Yuqori chastotali qo'zg'atish sistemasining vaqt doimiysi 0,3-0,4 s. ni tashkil etadi.

1.16- rasm. Yuqori chastotali qo'zg'atish sistemasi.
SGning rotorida kontakt xalqalarining mavjudligi qo'zg'atish tokining qiymatini chegaralaydi. Shu sababli generatorning quvvati 300 MVt va undan yuqori bo'lgan hollarda aylanuvchi kontaktlarga ega bo'lmagan shchetkasiz qo'zg'atish sistemalari qo'llaniladi (1.17- rasm).
Qo'zg'atkich sifatida asosiy generator bilan bitta valda joylashgan teskari sinxron generator (G) foydalaniladi. Bu yerda QAR tiristorlarning yuqori chastotali induktiv generator (IT)dan manbalanuvchi o'zgartkich tiristorlarining boshqarish sistemasiga ta'sir etadi. Bu sistemada ekvivalent vaqt doimiysi 0,1-0,15 s.ni tashkil etadi.

Tiristorli qo'zg'atish sistemasi 300 MVt va undan yuqori quvvatli gidrogenerator va turbogeneratorlarda qo'llaniladi. Tiristorli sistemaning yuqorida ko'rib o'tilgan sistemalardan farqi asosiy generatorning qo'zg'atish tokini boshqarish konturida aylanib ishlovchi mashinaning mavjud emasligidir (1.18-rasm). Uning ishlash vaqti 0,02-0,04 s.ni tashkil etadi.
To'g'rilangan kuchlanishni o'zgartirish ventillarning yonish vaqtini rostlash orqali amalga oshirilishi mumkin. Ventillarning to'riga ma'lum miqdordagi yopuvchi manfiy kuchlanish beriladi. Lozim bo'lgan lahzada bu kuchlanishga maxsus pik-generator yordamida hosil qilinadigan ochuvchi musbat impul's qo'shiladi. Bu jarayon (1.19-rasm)da keltirilgan.

1.18- rasm. Tiristorli qo'zg'atish sistemasi.

1.19- расм.
Bu diagrammalardan ko'rinadiki, ventillarning ochilish vaqti qanchalik katta bo'lsa, to'g'rilangan kuchlanishning qiymati shunchalik katta bo'ladi. Bunday sistemalarda vaqt doimiysi elektr mashinali qo'zg'atish sistemalaridagiga nisbatan ancha kam bo'ladi.
Qo'zg'atish sistemalari quyidagi ko'rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
- qo'zg'atishning nominal kuchlanishi. Odatda uning qiymati Uнқ=200-400 В oralig'ida bo'ladi;
- qo'zg'atishning nominal toki (iнқ);
- salt ishlash holatidagi vaqt doimiysi Td0;
- qo'zg'atkich chulg'amining vaqt doimiysi Te;
- qo'zg'atish sistemasining quvvati. U odatda agregat umumiy quvvatining 0,2-0,8% ni tashkil etadi.
Tok va kuchlanishning uzoq vaqt oshgan miqdorda bo'lishi mos chulg'amlarning qizishiga, ularning izolyatsiyasini ishdan chiqishiga, chulg'amlarning shikastlanish ektimolini oshishi orqali ishonchliligini pasayishiga olib keladi. Shu sababli, qo'zg'atish sxemalari qo'zg'atkich toki va kuchlanishining eng yuqori chegaralari bilan xarakterlanadi.
Kuchlanish bo'yicha eng yuqori chegara yuqori chegara kuchlanishi Uчю ning qo'zg'atkichning nominal kuchlanishi Uнқга nisbati sifatida aniqlanadi. Ushbu nisbat:
turbogeneratorlar uchun ;
gidrogeneratorlar uchun (1,84).
Kuchlanishning yuqori qiymati kuchlanishni eng yuqori belgilangan miqdordan kichik qo'zg'atgichning quvvati va uning to'yinishiga bog'liq kolda osha olmasligi bilan aniqlanadi. Bundan tashqari, kuchlanishni juda katta oshishi kollektorni ishdan chiqishiga olib keladi.

  • Tokning yuqori qiymati ostki qo'zg'atkich va qo'zg'atkich chulg'amlaridan uzoq ruxsat etilgan tok oqishiga bog'liq.

  • Qo'zg'atkich sanab o'tilgan xarakteristikalar bilan birga kuchlanish oshishining tezligi bilan kam xarakterlanadi (1.20 rasm).

  • Turtkilarda sinxron generatorlarning turg'unligini ta'minlash uchun qo'zg'atish sistemasi kuchlanish oshishini ta'minlashi shart.

  • Qo'zg'atish kuchlanishining oshish tezligi qo'zg'atkichning karrali qo'zg'atishiga bog'liq.


1.20 rasm. Qo'zg'atkich kuchlanishining oshish tezligi
UҚ kuchlanishning o'rtacha ko'tarilish vaqti 0.5 sekund bilan chegaralangan to'g'ri chiziqning tangens burchagi 0ab yuzaga mos va kuchlanishning xaqiqiy ortish egri chizig'i bilan aniqlanadi;

Qo'zg'atish sistemasi shikastlanish holatlarida, maydonni o'chirish lozim bo'lganda tezlik bilan qo'zg'atishni to'xtatish va kamaytirish xususiyatiga ega bo'lishi shart. Qo'zg'atish sistemasi barcha tur rostlagichlar bilan ishlay olishi, ishlatishda ishonchli bo'lishi, kizmat ko'rsatishda sodda bo'lishi va to'la avtomatlashtirish imkoniga ega bo'lishi kerak. Ushbu talablar uzun EULga quvvat berayotgan katta generatorli elektr stantsiyalar uchun mukim talablardan biridir.




Download 5.49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 5.49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Statik tiristorli qo'zg'atish sistemalari

Download 5.49 Mb.