ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES




Download 451.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana13.01.2023
Hajmi451.3 Kb.
#38117
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
geografiya-darslarini-oqitishda-atlas-va-xaritalar-bilan-ishlash-texnologiyalari
Adabiyot 6-sinf choraklik test 15349, 406-Текст статьи-1378-1-10-20220118, 2-mavzu. Fizik modellar animatsiyasini yaratish
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 659  www.ares.uz 
chiziqli, rangli, nuqtali, harfli, raqamli, ko’rsatkichli, rasmli va boshqa shartli belgilar 
ko’rsatilib, misollar keltiriladi. O’quvchilarda shartli belgilarni o’qish ko’nikmasi 
shakllantiriladi. Jumladan, yozuvli shartli belgilar bilan ishlaganda o’quvchi 
geografik obyektlar nomini o’qib, yozuvlarni bir-biridan farqlay olishni o’rganishi 
kerak. Bunda geografik obyektlar nomlari yozilgan harflar bir-biridan katta-kichikligi, 
yo’g’onligi, ranggi, hajmi bilan farq qiladi. Masalan, materik va okean nomlari yirik 
harflar bilan, o’lkalar, davlatlar, dengizlar ularga nisbatan kichikroq harflar bilan 
yoziladi. Geografik obyektning maydoniga mos holda yozuv kichrayib boradi. 
Geometrik shakllar bilan foydali qazilmalar, chiziqli shartli belgilar bilan geografik 
obyektlarning chegaralari, yo’llar, daryolar tasvirlanadi. Chiziqli shartli belgilar
yo’g’onligi, ranglari, kesmalarga bo’linganligi va uzuq-uzuq chiziqli bo’lishi bilan 
bir-biridan farq qiladi. Bu o’quvchiga alohida ta’kidlab o’tilishi shart, chunki 
o’quvchi davlat chegarasi bilan uning ma’muriy hududlari chegarasini farqlay olishi 
lozim. Yo’llarni tasvirlashda ham chiziqning yo’g’onligiga, turli kesmalar bilan 
bo’linganligiga, rangiga qarab so’qmoq yo’l, asfalt yo’l, beton yo’l yoki temiryo’l 
ekanligini bilishi zarur. Chiziqli shartli belgi bilan yana har xil liniyalar – elektr 
liniyalari, bir xil voqea va hodisalarni tutashtiradigan izochiziqlar ham tasvirlanadi. 
Bunday belgilar ranggi bilan ham farqlanadi. 
Rangli shartli belgilar voqea va hodisalarni bir-biridan farqlashda: quruqlik va 
suv havzalarini, relyefini, tabiat zonalari, iqlim mintaqalari, davlatlar, aholi va sanoat 
obyektlarini tasvirlaganda ishlatiladi. Ranglar yana och va to’qligi bilan ham voqea 
hodisalarni o’zgarib borishini tushuntiradi. Masalan, suv havzalarida moviy rangning 
to’qlashib borishi suv havzasining chuqurlashib borayotganini bildiradi. Yoki aholi 
xaritalarida aholi zichligi jigar rangda tasvirlanadi. Och jigar rangdagi hududlar aholi 
siyrakligini bildirsa, rang to’qlashib borishi aholi zichligining ortib borishini 
tushuntiriladi.
Shuningdik, o‘quvchilar keyinchalik xaritada berilmagan ayrim 
ma’lumotlarni ham bilib olishga intiladilar. Xaritani o‘qish asosida tegishli xulosa va 
yakunlar chiqara olishlari uchun o‘quvchilarga beriladigan savollar nazariy 
bilimlarga asoslanuvchi, hodisa sabablarini aniqlovchi savollar bo‘lishi kerak. 
Masalan: Himolay tog‘larining janubda yog‘in nima uchun juda ko‘p-u, shimolida 
kam? Qoraqum bilan Qizilqumning cho‘l bo‘lishiga sabab nima? degan savollar. 
O‘quvchilarniig xaritadan oladigan bilimlari ma’lum bir tartib, reja asosida (masalan, 
joyning geografik o‘rni quyidagi tartibda: joyning nomi, u joylashgan materik, uning 
geografik kengligi va uzunligi, dengiz va quruqlikdagi chegaralari, geografik 
o‘rnining qulay va noqulayligi) bo‘lishi kerak. 

Download 451.3 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 451.3 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

Download 451.3 Kb.
Pdf ko'rish