• Amaliy vazifalar
  • Nazorat savollari
  • Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya




    Download 0,66 Mb.
    bet5/81
    Sana02.06.2024
    Hajmi0,66 Mb.
    #259249
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y A

    Nazariy vazifalar

    • insonning butun hayotyo‘li davomida psixik rivojlanishiga ta’siretuvchi va harakatga keltiruvchi kuchlar, mexanizmlarni o‘rganish;

    • ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish;

    • psixik rivojlanish davomida yosh xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va bilish jarayonlarini o‘rganish;

    -ma’lum tarixiy davrda shaxs rivojlanishi hamda shaxs sifatida shakllanishini tadqiq etish

    Amaliy vazifalar

    • insonning psixik funksiyalarining yosh davriga mos me’yorlarni va ijodiy qobiliyatning mavjudligini aniqlash;

    • psixologik rivojlanishda bolaning rivojlanishi, psixologik salomatligini nazorat qilish va tizimlashtirish;

    • yosh va tibbiy diagnostika;

    • inson hayotining inqirozli davrlarida yordamni amalga oshirish

    Yosh davrlar psixologiyasi boshqa psixologiyaning boshqa sohalari bilan uzviy aloqador. Umumiy psixologiyaning shaxs psixikasi borasidagi bilimlariga tayanadi.




    Nazorat savollari:
    2.1.Rivojlantirish psixologiyasining nazariy vazifalari nimalardan iborat?
    2.2. Rivojlantirish psixologiyasining amaliy vazifalari nimalardan iborat?
    3-savol bo’yicha o’quv maqsad. Rivojlantirish psixologiyasining determinantlari haqida talabalarda tushinchani shakllantirish.
    3- savol bayoni:
    Determinantlar muammosi dastlab falsafa fanida ilgari surilgan. Psixologik rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch sifatida asosan ikki omil: biologik (ichki, tabiiy, genetik) va ijtimoiy (tashqi, madaniy, atrof - muhit) omillar muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy tarzda rivojlanishning tabiiy (nasliy) va muhit (ta’lim – tarbiya) ta’siridagi turlari ajratib ko‘rsatiladi.
    Tabiiy yondashuv – nativizmJ.J. Russo (1712 - 1778) nomi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, rivojlanishning tabiiy qonuniyatlari mavjud va bolalarga kattalar tomonidan ta’sir ko‘rsatilsa bas. Biologiyada biogenetik dasturni kengaytirishga qaratilgan preformizm deb ataluvchi biologik yo‘nalish mavjud edi. Preformizmda inson organizmiga “biologik matryoshka” sifatida qaraladi. Ya’ni inson organizmi keyingi avlodni dunyoga keltiruvchi mexanizm, shuning uchun, hech qanday yangilanishlar ham, o‘zgarishlar ham, evolyutsiya ham sodir bo‘lmaydi. Psixologiyada nativist – preformistlar ko‘nikma va malakalar inson organizmi tuzilishiga kiradi, xususan, nasliylik – belgilovchi va asosiy faktordir.
    Ingliz faylasufi Dj. Lokk (1632 – 1704) yangi tug‘ilgan chaqaloqni tabula rasa (toza yozuv tahtasi) ga qiyoslaydi hamda o‘rgatish va hayotiy tajribani inson rivojlanishining asosiy sharti sifatida belgilaydi. Biologiyada davomiy yangilanishlar paydo bo‘lish va rivojlanish jarayonini epigenez deb nomlaydilar. Falsafada va psixologiyada bu yo‘nalishlarni empirizm va sensualizm deb nomlaganlar.
    Zamonaviy psixologiyada tadqiqotchilar rivojlanish jarayonini tavsiflashga urindilar. Aksariyat hollarda metafora sifatida K. Uoddingt tomonidan taklif etilgan “epigenetik landshaft” iborasi qo‘llanilardi. Unga ko‘ra, rivojlanib boruvchi organizm tepalikdan pastga qarab dumalab ketayotgan va chuqurlikka tushib, undan chiqib ketishi qiyin bo‘lgan dumaloq sharga o‘xshatiladi. Rivojlanishning asosiy tamoyili, egallanishi lozim bo‘lgan natija turli usullar va yo‘llar bilan erishilishi mumkin5.
    Bolaning psixologik rivojlanishiga o‘zgacha yondashuvni L.S. Vigotskiy taklif etgan. Uning fikricha, bola rivojlanishini preformlanmagan ya’ni nasliy dasturdan tashqari bo‘lgan rivojlanish shaklidek qarash lozim.

    Download 0,66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




    Download 0,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya

    Download 0,66 Mb.