• Psixik rivojlanish determinatsiyasi muammosi. Rivojlanish psixologiyasining asosiy tushunchalari.
  • 1- savolbayoni
  • Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya




    Download 0,66 Mb.
    bet3/81
    Sana02.06.2024
    Hajmi0,66 Mb.
    #259249
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y A

    1. O’QUV MATERIALLARI


    1-mavzu: Rivojlanish psixologiyasining predmeti va vazifalari.
    Asosiysavollar:

    1. Rivojlantirish psixologiyasi fanining predmeti.

    2. Rivojlantirish psixologiyasi fanining nazariy va amaliy vazifalari.

    3. Psixik rivojlanish determinatsiyasi muammosi.

    4. Rivojlanish psixologiyasining asosiy tushunchalari.

    Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
    Predmet, obekt, vazifa, determinatsiya, rivojlanish, yosh psixologiyasi, psixologik yosh.
    1-savol bo’yicha o’quv maqsadi: Rivojlantirish psixologiyasi ontogenezda normal, sog’lom insonning o’zgarishi va rivojlanishini o’rganadigan fan ekanligi, uning predmeti va bo’limlari haqida talabalarda tushinchani shakllantirish


    1- savolbayoni:Rivojlantirish psixologiyasi – psixologiya fanlarining bir tarmog‘i bo‘lib, shaxs rivojlanish jarayonining qonuniyatlari va aniq dallillari, yosh xususiyatlari va turli yosh davrlaridagi psixik o‘zgarishlar dinamikasini o‘rganadi.
    Rivojlantirish psixologiyasining o‘rganishob’ekti – ontogenez jarayonida shakllanuvchi, rivojlanuvchi va o‘zgaruvchi sog‘lom inson. Rivojlanish psixologiyasi turli yosh davrlarida inson hulq - atvorida yuzaga keluvchi o‘zgarishlarni kelib chiqish sabablarini aniqlaydi va ularni tavsiflaydi, insonlardagi ko‘nikma va malakalarni hosil bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganadi1. E’tibor markazida esa – “inson hayot yo‘lining turli yosh davrlari uchun xosbo‘lgan psixologik xususiyatlar shakllari”2 turadi. Yosh davrlar psixologiyasi o‘zining tadqiqot vazifasi sifatida “insonning tug‘ilganidan boshlab to o‘limigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oluvchi to‘liq psixik rivojlanishni” hamda oliy vazifasi sifatida “doimiy o‘zgarib boruvchi tashqi muhitda – o‘zgaruvchi va rivojlanuvchi individni o‘rganish”3 deb qaraydi.
    Rivojlantirish psixologiyasi predmeti – ontogenezda psixik rivojlanishning yosh davrlari, bir yosh davridan boshqasiga o‘tish bosqichlari va mexanizmlari, umumiy qonuniyatlar, tendensiyalar va yo‘nalganlikni aniqlash.
    Rivojlantirish psixologiyasi bir qancha sohalarga bo’linadi:

    • Bolalar psixologiyasi;

    • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasii;

    • o‘smir psixologiyasi;

    • ilk o‘spirinlik davri psixologiyasi;

    • katta yoshdagilar psixologiyasi;

    • keksalik davri psixologiyasi (gerontopsixologiya).

    Yosh davrlari psixologiyasining eng muhim qismlaridan biri – bolalar psixologiyasi. D.B.Elkonin, o‘zining “Bolalar psixologiyasiga kirish” asarida, uning predmetini “inson shaxsini himoyasiz go‘dakdan turli faoliyatlarni amalga oshiruvchi shaxsga aylanish jarayoni”4 deb ko‘rsatgan.



    Download 0,66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




    Download 0,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya

    Download 0,66 Mb.