|
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi Pdf ko'rish
|
bet | 100/134 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 10,51 Mb. | | #103795 |
Bog'liq portal.guldu.uz-kompyuter GrafikasiQo‘shimcha kanal, yoki alfa-kanal, ranglar kanaliga bog‘liq bo‘lmasdan,
haqiqiy ajratish shaklidir (aniqrog‘i, uni ko‘rsatish va saqlash), unda ajratilgan
piksellar oq rangda, qora rangda esa – ajratilmagan, qo‘l rangda – qisman
ajratilgan piksellar ko‘rsatiladi. Ammo dastur darajasida barcha belgilanishlar alfa
–kanal hisoblanadi.
Piksellarni o‘rnatish rejimi. Barcha uskuna bilan ishlash amali – bu mavjud
piksellar ustiga yangilarini o‘rnatish funksiyasini bildiradi. Oddiy rejimda mavjud
piksel yangisi bilan o‘zgartiriladi. Biroq boshqa variantlar ham mavjud bo‘lishi
mumkin.
TOPSHIRIQLAR:
1.
Qanday kompyuter grafikasi turlarini bilasiz?
2.
Adobe Photoshop dasturini kompyuterga o‘rnating?
3.
Adobe Photoshop dasturini ishga tushiring?
4.
Photoshop dasturi va uning imkoniyatlarini o‘rganing.
5.
Photoshop dasturi interfeysi, uskunalar majmuasini yoriting.
6.
Photoshop dasturining sahifa parametri bandini tushuntiring.
7.
Photoshop dasturining asosiy menyular bandining vazifasini izohlang.
8.
Photoshop dasturi ishchi oynasining chap sohasida qanday darchalar mavjud.
9.
Photoshop dasturida rang modelini izohlang.
10.
Photoshop dasturi yordamida elementar chizmalar tayyorlang.
LABORATORIYA MASHG‘ULOT № 18, 19
Mavzu: Adobe Photoshop dasturining xossalar paneli, ranglar palitrasi, holat
qatori. Hujjatlarni ochish va hujjat oynasini boshqarish. Tasvir masshtabi.
Chizg‘ichlar va uladan foydalanish
Ishning maqsadi: Talabalarga Adobe Photoshop dasturining xossalar paneli, ranglar
palitrasi, holat qatori bilan ishlashni o‘rgatish.
Adobe Photoshop dasturining eng asosiy qismlaridan biri bu instrumentlar
panelidir. Deyarli barcha ishlar shu panelda mavjud instrumentlar orqali amalga
oshiriladi. Odatda, bu panel dastur ishga tushgandan so’ng ekranning chap
tomonida hosil bo’ladi. Quyida Adobe Photoshop dasturini o’rganayotgan
191
foydalanuvchilar uchun instrumentlar panelining ingliz va rus tillaridagi
ko’rinishlarini keltirib o’tilgan.
|
| |