194
RGB — ranglar majmuasida oq rang uchala ranglarning maksimal
aralashmasidan hosil qilinadi. Qora rang esa buning aksi o‘laroq olinadi.
CMYK — ranglar majmuasi bilan ishlaganda qora va
oq ranglarni hosil qilish
uchun buning aksini bajarish lozim. Ya’ni to‘rt rangning minimal qo‘shilishida oq
rang hosil bo‘ladi. Qora rang esa alohida kanalda mavjud.
RGB — ranglar majmui keng ko‘lamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ularning
ko‘p qismi (ayniqsa yorqinlari) tasvirni chop etganda monitordagi bilan keskin
farq qiladi. Shu bois ham ko‘plab mutaxasislar tasvirni
chop etishdan avval uni
CMYK— sitemasiga o‘tkazadilar. Ayrim mutaxasislar esa tasvir bilan
CMYK —
sistemasida ishlashni maslahat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash turli
qiyinchiliklarni tug‘diradi. Ana shunday qiyinchiliklardan
biri kompyuter juda
sekin ishlaydi. Bunga asosiy sabab «Adobe Photoshop» programmasi
RGB
sistemasiga
sozlangan bo‘lib, har bir
komandani bajarib, uni
RGB — sistemasidan
CMYK — sistemasiga almashtirguncha kompyuter qo‘shimcha vaqt talab qiladi.
Bundan tashqari skaner va monitor
RGB— sistemasida ishlashga mo‘ljallangan.
Ranglar bilan ishlovchi barcha uskunalar (rangli printerdan tashqari)
RGB -
sistemasida
ishlaydi. Shuning uchun yaxshisi tasvirni chop etishdan avval
CMYK
— sistemasiga o‘tkazib olish maqsadga muvofiq. Тasvir
ustida barcha amallarni
poyoniga yetkazib,
menyular satrida Изображуние - Настройка tarkibidagi
SMUK komandasini tanlang.
Photoshop dasturining ranglar darchasi va maxsus
effektlar darchasidan
foydalanib, quyidagi mashqni bajaramiz: Misol. Hammasi oltindan
Inson yoki biror bir predmetning rasmini oching. So‘ngra uni fondan ajrating
(Erase Tool yordamida). Quyida namuna:
CTRL+U ni bosing va Saturationni chap tomonga oxirgacha suring. Rasm oq-qora
holatiga keladi:
195
Pastdagi yordamida Curves bo‘limini tanlang va quyidagicha
holatga keltirishga
harakat qiling:
CTRL+SHIFT+E ni bosing. So‘ng CTRL+U ni bosing va pastroqda Colouriseni
belgilab Hue=43, Saturation=48, Lightness=13 larni sozlang:
Filter>Blur>Gaussian Blur ga kirib Radiusni 0,2 pixels qilib OKni bosing.
196
Misol. 2. Bu mashqda asosan ranglar bilan ishlaymiz
va ajoyib rangli qalamlar
tayyorlaymiz….