235
Материал_конуса bandida konusning ustki qismi rangini va Материал_снизу
bandida esa konusning asosi rangini o‘zgartirish mumkin. Rang sifatida palitradan
ixtiyoriy rangni tanlash yoki tayyor teksturalardan foydalanish mumkin. Masalan,
Konusni x, y, z o‘qlari bo‘yicha burish mumkin. Bu imkoniyatdan foydalanib
aylanib turuvchi konus tasvirini yaratamiz.
Buning uchun F7 tugmani bosamiz. Natijada qatlam oynasi faollashadi.
Qatlam
oynasida Слой 1 nomli qatlam joylashgan. Ushbu qatlamni nusxalaymiz. Buning
uchun Слой 1 qatlami ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va Создать
дубликат слоя… buyrug‘ini bajaramiz. Natijada bizda ikkita bir xil qatlam paydo
bo‘ladi. Ikkinchi qatlamni sichqoncha bilan tanlab konusni y o‘qi bo‘ylab biroz
aylantiramiz. Ikkinchi qatlamni yana nushalaymiz. Hosil bo‘lgan uchinchi
qatlamni tanlab yana konusni y o‘qi bo‘ylab biroz aylantiramiz. Uchinchi qatlamni
yana nisxalaymiz. Hosil bo‘lgan to‘rtinchi qatlamni tanlab yana konusni y o‘qi
bo‘ylab biroz aylantiramiz. Bu ketma-ketlikni konus to‘liq
bir marta aylanib
chiqqunga qadar takrorlaymiz. Ushbu misolda y o‘qi bo‘yicha har safar 40
gradusdan buramiz. Natijada 9 ta qatlam hosil bo‘ladi. Keyingi bosqich tayyor
bo‘lgan qatlamlardan foydalanib animatsiya hosil qilamiz. Buning uchun Окно
menyusidan Шкала времени bandini tanlaymiz.
Шкала времени darchasida
yaratilgan qatlamlar soniga mos holda kadrlar yaratib olamiz. Birinchi kardni
tanlab Слой oynasidan birinchi qatlamni ko‘rsatamiz yani qatlam oldidagi
katakchaga belgi qo‘yamiz.
Ikkinchi kadrni tanlab ikkinchi qatlamni ko‘rsatamiz.
Uchinchi kadrga uchinchi
qatlamni… Bu ketma-ketlikni to‘qqizinchi kadrgacha davom ettiramiz. Kadrlani
tayyorlab bo‘lgach ularning vaqtini sozlab chiqamiz. Buning uchun kadr ostidagi
kadrni namoyish qilish vaqti bo‘limidan 0,2 sec. ni tanlab chiqamiz. Takrorlanish
sonini sozlash uchun Выбор параметров цикла bo‘limiga Постаянно ni moslab
qo‘yamiz. Natijada animatsiya doimiy namoyish etiladi. Tayyor bo‘lgan
animatsiyani ko‘rish uchun “play” tugmasini bosamiz. To‘xtatish uchun “stop”
tugmasini bosamiz.
236
Faylni kompyuter xotirasiga saqlaymiz. Ctrl+S tugmalarini bosamiz va faylga
nom berib saqlanish joyini ko‘rsatamiz. Animatsiya
holatida saqlash uchun
Alt+Ctrl+Shift+S tugmalarini bosamiz.