240
onClipEvent (enterFrame) {
if (go) {nextFrame();} else { prevFrame(); }
} onClipEvent (load) { var go; stop();
enter_btn.onRollOver = function() { go =
true; }; enter_btn.onRollOut = function()
{go = false; }; }
Hosil bo‘lgan animatsiyani Ctrl+Enter tugmalarini bosgan holda ko‘rishimiz
mumkin.
Macromedia Flash dasturida
audio fayllar bilan ishlash
Macromedia Flash dasturi mp3, wav, aif va au kengaytmali audio fayllarni
qo‘llab quvvatlaydi. Audio fayllardan Flash dasturining Button va Movie Clip
obyektlarida, animatsiya yaratish jarayonida hamda elektron ta’lim
resurslari va
o‘yinlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin. Elektron ta’lim resurslarini
yaratishda audio fayllardan foydalanish ta’lim resurslariga bo‘lgan
qiziqishlarni
oshiradi. Foydalanuvchilarning etiborini jalb qiladi. Quyida audio fayllardan
foydalanib bir nechta mashqlar bajaramiz.