Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi




Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/134
Sana23.11.2023
Hajmi10,51 Mb.
#103795
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi

LABORATORIYA MASHG‘ULOT № 26  
Mavzu: 3DS-MAX dasturi boshqaruv elementlari bilan ishlash.
Ishning maqsadi: Talabalarga 3DS-MAX dasturi boshqaruv elementlari bilan 
ishlashni o‘rgatish.


244 
Nazariy qism
3D Studio MAX dasturi haqida tushuncha
3D Studio MAX uch o‘lchovli modellashtirish va ko‘rgazmali namoyish 
qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida
yuqori sifatli animasiya va uch o‘lchovli modellarni professional darajada yaratish 
mumkin. Bunda siz ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli ob’yektlarni qo‘llashingiz 
mumkin. Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma’lum
fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali dasturlar tuzish mumkin.
3D Studio MAX da ob’yektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. 
Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda 
kursor shakli o‘zgaradi.
Sichqoncha yordamida ob’yektning o‘lchovlarini berasiz.
Yaratilgan ob’yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera
va yoritgich asboblarini qo‘llashingiz mumkin. Ob’yekt sirti uchun turli
material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki g‘adir-budir sirt 
berishingiz mumkin bo‘ladi. Qurish maydonida yaratilgan ob’yektlarni
harakatlantirib, kichik animasiya hosil qilish mumkin. Buning uchun
{Animasiya} tugmasini bosib, kadrlarni o‘zgartirgan holda ob’yektni 
harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So‘ngra animasiya panelidan
{Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animasiya hosil
bo‘ladi. Bu yaratilgan animasiyani fayl ko‘rinishida komp’yuter xotirasida
saqlash va istalgan video tasvirlarni o‘qiy oladigan dastur yordamida 
o‘qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi. Foydalanuvchi 
interfeysi haqida ma’lumot
Birinchi navbatda siz 3 Ds Max dasturini ishga tushirganda uning
asosiy ekraniga ko‘zingiz tushishi mumkin. Agar siz yangi foydalanuvchi
interfeysini bilmaydigan bo‘lsangiz, unda dastlab qurilmalarini ko‘rib
chiqishingiz hamda ular bilan atroflicha tanishishingiz lozim.
Siz interfeysning dastur elementlardan tashkil topganligini, ya’ni, bir xil 
turdagi buyruqlarni guruhlanganligini ko‘ring va ishonch hosil qiling. Masalan, 
o‘z vaqtida ob’yektlar holatini sozlash va boshqarishni amalga oshirish
tugmachasi jamlanmasi yordamida animasiyani amalga oshirish jarayonini 
boshqarish vositasi. Dastur ekranini shartli tarzdi beshta asosiy
elementlarga ajratish mumkin:


245 
Main menu (Bosh menyu). Dastur ekranining yuqori qismda joylashgan va 
bu menyu 3 Ds Max dasturiga asosiy buyruqlar bilan murojaat qilishni
ta’minlaydi. Barcha buyruqlar menyusi toifalar bo‘yicha birlashtirilgan. Dastur 
ishga tushirilganidan so‘ng 3Ds Max grafik redaktorning ishchi oynasi ochiladi. 
Bosh menu quyidagi meny bandlaridan iboratdir File (Файл), Edit (Правка)-
tahrirlash, Tools (Сервиc), Group,Views, Great (Создать)-yaratish,
Modifiers, Animation, GrafEditor, Rendering (Визуализация)-vizuallash,
Customize, MAXScript, Help(Помощь)-yordam.
ammo “suzuvchi” panel ko‘rinishida aks ettirilishi yoki ekranning boshqa 
joyida joylashishi ham mumkin. Toifalar bo‘yicha ajratilgan, to‘plam bilan 
birga qurilmalar tarkibida joylashgan yoki yakka bo‘lishi mumkin. Dastur
amallari va qo‘llanuvchi buyruqlar tezkor murojaatlar tugmachasidan tashkil 
topadi.
Viewports (proyeksiya ekrani) ekranning markazida joylashgan
va uning katta qismini egallaydi. To‘rtta ajratilgan ko‘rinishda devor proyeksiyasi 
- yuqori Tor (yuqori), yonbosh Left (chap), to‘g‘risidan yo‘naltirilgan Front ( 
ro‘parasidan) va kelajakda rivojlanishni ko‘zda tutadigan Perspective (istiqbolli).
Command Panel (buyruqlar paneli). Odatda ekran proyeksiyasining
o‘ng tomonida joylashgan. Bu panel oltita to‘plamdan tashkil topgan va
devor
ob’yektlarini modefikasiyalash va tashkil etish bo‘yicha amallarning
bajarilishini ta’minlaydi. Har bir to‘plam ob’yektlarni sozlovchi sivatkadan 
tashkil topgan.
Lover Interface Bar (Interfeysning quyi qatori) Dastur oynasining quyi 
qismida
joylashgan. Turli maydon va tugmachalardan tashkil topgan, uning tarkibiga 
maydonning aks etish holati va ma’lumotnoma (spravochnik) kiradi, shu bilan
birga animasiyalarni qayta tiklash va boshqaruv oynasi proyeksiyasi uchun 
tugmalar to‘plami ham mavjud.


246 
3Ds Max dasturi oynasi
Dastlab, ishni 3Ds Max dasturini atroflicha o‘rganib chiqishdan boshlasak, 
avval dastur yordamida ob’yekt ko‘rinishda asosiy maqbul ishlarni amalga
oshirish: sodda primitivlarini tuzish, ob’yektlarni belgilash, ularning bir-biriga 
o‘zaro tekislash, proyeksiya oynasidagi aks etish holati va joylashishi,
ularni o‘zgarti-rish, ma’lum masshtabga keltirish, o‘zgartirish va
aylantirish mumkin.
Bu oddiy amallar 3Ds Max dasturining keyingi asosiy faoliyatiga xizmat 
qiladi. Haqiqiy hayotda juda ko‘p ob’yektlar o‘zida oddiy uch o‘lchovli
qo‘llanmalar amallarini o‘zida aks ettirgan. Masalan, stol parallelpipeddan tashkil
topgan, stol lampasi esa – silindr va yarim shakldan, avtomobil balloni esa
– boshqa yuqoridagilarga o‘xshamagan shakllardan tashkil topgan. Katta va 
kichik darajadagi barcha ko‘rgazmalarda amalda uch o‘lchovli virtual
joylashuv shartlari qo‘llanilib kelinmoqda. 3 Ds Max dasturi standart
ob’yektlari o‘zida “qurilish materiallar”ini tashkil etgani uchun ular yordamida 
turli ko‘rinishlar tashkil etishga ko‘maklashadi.
Topshiriqlar 
1-
topshiriq.
3DS MAX dasturi interfeysi uchun zarur bo‘lgan asosiy elementlarni aytib 
bering.
Dasturning ishchi sohasi qanday tashkil etilgan?
Programma interfeysi o‘rnatish oynasini qanday chaqirish mumkin?
3DS MAX da interfeysning qanday komponentalarini o‘rnatish mumkin?


247 
Ixtiyoriy buyruqlarni klavishlar brikmasi yordamida qanday tayinlash
mumkinligini tushuntiring.
Foydalanuvchining uskunalar paneli qanday yaratiladi?
Foydalanuvchining menyusi qanday yaratiladi?
Ishning bajarilish tartibi.
2-topshiriq. 3DS MAX interfeysi bilan tanishish.
3DS MAX dasturini ishga tushiring. Barcha yuqorida keltirilgan asosiy 
interfeysi elementlarini diqqat bilan ko‘rib chiqing. E’tiboringizni
qaratgan bo‘lsangiz monitorning ruxsat doirasi 1280x1024 dan kichik
bo‘lganda bosh uskunalar paneli ko‘rinmasdan qolmoqda. Uni ko‘rish
uchun quyidagilarni bajaring:
Sichqoncha tugmachasini panel sohasiga keltiring–sichqoncha ko‘rsatgichi 
ko‘l ko‘rinishiga o‘tishi kerak – va chap tugmachasini bosing,keyin, uni
qo‘yib yubormasdan ko‘rsatgichni chapga siljiting – panel tashqariga ko‘chadi va 
ko‘rina boshlaydi; 3- topshiriq.
3D Studio MAX dasturi haqida tushunchalar bering.
4-topshiriq
Foydalanuvchi interfeysi haqida ma’lumot bering. 
5-topshiriq

Download 10,51 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   134




Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish