LABORATORIYA MASHG‘ULOT № 27
Mavzu: 3DS-MAX dasturida ob’ektlar ustida bajariladigan operatsiyalar va
buyruqlar bilan tanishish.
Ishning maqsadi: Talabalarni 3DS-MAX dasturida ob’ektlar ustida bajariladigan
operatsiyalar va buyruqlar bilan tanishtirish.
Nazariy qism
3D MAX dasturida ob’ektlar tushunchalari
Geometrik ob’ektlar. Geometrik ob’ektlarni ko‘rishda juda kuchli va
keng tarqalgan 3D paket Discreet kompaniyasi 3D Studio Max dasturini
tanlab uning misolida ob’ektlarning asosiy turlari va modellashtirish
texnologiyasini ko‘rib o‘tamiz. Bu dastur yordamida geometrik ob’ektlarning
quyidagi turlari qurilishi mumkin.
Splayn chiziqlar (Spline Curves) - boshqa sirt yoki shakllarni
ko‘rishda ishlatiladigan va shu tartibda qurilgan (Beze yoki Nurbs) chiziqlar.
Ularni harakat troyektoriyalarini ifodalash uchun ham ishlatish mumkin.
g quyi qatori)
248
Chiziq,muloqot chiziqlari.
Masalan, Beze chiziqlari uchun, xususiy holda, boshlang‘ich shakl va
chiziqlar to‘plami aniqlangan bo‘lib (masalan, tekst, aylana, ellips) ular
keyinchalik aniq shakllar ko‘rishda ishlatilishi mumkin.
Poligonal ob’ektlar (polugonal objects) - bular o‘zgarib turuvchi parametrlar
bilan ifodalanuvchi (masalan uzunlik, radius) poligonal boshlang‘ich shakllar
(polygonal primitives) yoki polugonal turlardir (polugonal meshes). Poligonal
turlar juft-jufti bilan uchlarni tutashtiruvchi qirralar sifatida
aniqlanadi. Boshlang‘ich shakllar (primitiv) ni ishlatish dizaynerga (dasturga
ham) ob’ekt shaklini o‘zgartirishni ancha osonlashtiradi. Shunda 3D -
boshlang‘ich (primitiv) shakllarni (masalan sfera yoki silindr) namoyish
etishda, ularning shakli qirralar yordamida berilgan aniqlikda almashtiriladi.
Poligonal d ob’ekt sirti tekis yoqlardan iborat bo‘lgani uchun, ularga
namoyish silliqligini berishda turli silliqlash algoritmlari foydalaniladi. Bu
texnologiya asosan 3D o‘yinlarni va virtual borliqni yaratishda keng qo‘llanadi.
Poligonal ob’ektlar.
Beze sirti.
Beze sirtlari (Bezier patches) - bu Beze cho‘qqilarining joylashishi bilan
silliq sirtlardir. Bu cho‘qqilar sirtga urinma vektorlar (tangent) uchlarida
249
joylashgan qo‘shimcha boshqaruvchi nuqtalar (control points) yordamida sirtni
egriligini aniqlaydi.
Bu sirtlar hisoblash tizimi uchun ma’lum qiyinchiliklarni tug‘dirishiga
qaramay, ular yordamida murakkab egri chiziqli ob’ektlarni modellashtirish mumkin.
NURBS sirtlar - bir jinsli bo‘lmagan egri chiziqli sirtlarni modellashda
ishlatiladigan eng universal va samarali vositadir. Bunday sirtlar maxsus to‘rt
o‘lchovli bir jinsli fazoda ifodalanadi. Unda har bir boshqaruvi cho‘qqi, uchta X,
Y, Z koordinatadan tashqari qo‘shimcha vazn (weigat) tavsifiga ham ega.
Cho‘qqining o‘rni va nisbiy vaznini o‘zgartirish orqali ob’ekt shaklini aniq
boshqarish mumkin.
NURBS sirti.
Murakkab ob’ektlar (compound objects) - oldindan tayyorlab qo‘yilgan ikki
yoki undan ko‘p shakllardan tuziladi. Qanday jism qurilishiga qarab oldindan
tuzilgan shakllar chiziq yoki sirt bo‘lishi mumkin.
Dinamik ob’ektlar (dynamic objects) - ularga qo‘yilgan tashqi kuchlar ta’sirida
harakatga keluvchi ob’ektlar: prujina va amortizatorlar. Ular ob’ekt harakati
dinamikasini modellashtirishda
ishlatiladi.
Boshqa
dasturlarda
geometrik ob’ektlarni qurish
va muharrirlashning shunga o‘xshash
yoki ulardan farq qiluvchi usullari qo‘llaniladi.
Topshiriqlar
Quyidagilar haqida ma’lumot bering 1-
topshiriq.
3D MAX dasturida ob’ektlar tushunchalari:
2-topshiriq
3D MAX dasturida ob’ektlar tushunchalari:
3-topshiriq
3D MAX dasturida ob’ektlar tushunchalari:
250
4-topshiriq
3D Studio Max dasturida ob’yektlar yaratish:
|