241
buyrug‘ini yoki klaviaturadan Ctrl+Alt+Shift+S tugmalarini bosamiz. Faylga nom
berib, saqlanish joyini ko‘rsatamiz. Fayl turiga Flash Movie (*.swf) ni tanlab
сохранить tugmasini bosamiz. Fayl turi sifatifa *.gif, *.avi, *.mov, *.eps, *.jpg,
… turlarni tanlash mumkin. Yaratilgan faylni *.exe ko‘rinishida ham saqlash
mumkin. Buning uchun Fayl menyusining Publish Settings… bo‘limi tanlanadi.
Ochilgan muloqot oynasining Formats bo‘limiga kiramiz.
Oynaning Windows
Projector (*.exe) yozuvi oldidagi katakchasiga belgi (bayroqcha) qo‘yamiz va
Publish tugmasini bosamiz. Natijada fayl saqlangan papkada *.exe fayl
kengaytmasidagi fayl paydo bo‘ladi. Bizning misolda esa ovoz1.exe fayli
yaratiladi.
Misol. Button obyektida audio fayllardan foydalanish.
Flash dasturiga zaruriy audio faylni yuklab olamiz va Button tugmasi
yaratamiz. Button yaratish uchun birorta shakl chizib olamiz. Shaklni belgilab
kontekstli menyuni chaqiramiz va Convert to Symbol amalini bajaramiz.
Hosil
bo‘lgan oynadan button bandini belgilaymiz, obyektga nom berib (tugma) OK
tugmasini bosamiz. Button tayyorlash yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan. Bilamizki
buttonda uchta kadr mavjud. Bu uchala kadrga ham ovozli fayllarni joylashtish
mumkin. Uchta kadrda ovozning ijro etilishi xolati turlicha bo‘ladi. Ya’ni, Up
kadriga faylni joylashtirsak audio fayl doimiy ijro etiladi.
Agar Down kadriga
joylashtirsak audio fayl tugma bosilganda ijro etiladi. Agarda audio faylni Over
kadriga joylashtirsak, sichqoncha tugma ustiga borganda fayl ijro etiladi.
Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish
mumkin. Odatiy musiqa1 fayli ijro etiladi. Ok tugmasi ustiga sichqoncha belgisi
chiqsa musiqa2 fayli va Ok tugmasi bosilsa musiqa3 fayli ijro etiladi.
Misol. Kompyuter qurilmalari haqida o‘yin tayyorlash.
242
Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalarini topish bo‘yicha o‘yin
tayyorlaymiz. Buning uchun bizga kompyuter qurilmalarining
rasmlari va javob
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bildiruvchi audio fayl kerak bo‘ladi. Quyidagicha
sahifani tayyorlaymiz:
Har bir qurilma rasmini button obyektiga aylantiramiz. Asosiy qurilmalar
tugmalarining Down kadriga javob to‘g‘ri ekanligini anglatuvchi audio faylni,
qo‘shimcha tugmalarga esa javob noto‘g‘ri ekanligini anglatuvchi audio fayllarni
joylashtirib chiqamiz.
Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin.
Agar asosiy qurilmalar tanlansa javob to‘g‘ri ekanligini bildiruvchi ovoz ijro
etiladi. Agar qo‘shimcha qurilmalar tanlansa javob noto‘g‘ri ekanligini bildiruvchi
ovoz ijro etiladi.
Bu loyihani kompyuterning qo‘shimcha qurilmalari
uchun ham tayyorlash
mumkin. Bunda faqat audio fayllarning joyi almashadi.
Flashning audio imkoniyatlaridan foydalanib bog‘cha tarbiyalanuvchilari
uchun ham turli loyihalar tayyorlash mumkin. Masalan mevalar, hayvonlar,
ranglar va hokozalarning nomini aytadigan dasturlar yaratish mumkin. Biz quyida
mevalar haqida loyiha tayyorlashni aytib o‘tamiz.
Misol. Mevalar o‘yini.
Buning uchun bizga turli mevalarning tasvirlari
hamda ularning nomini
aytuvchi audio fayllar kerak bo‘ladi. Barcha kerakli obyektlarni Flashning
kutubxonasiga yuklab olamiz. Mevalarning tasvirlarini ishchi oynaga joylashtirib
243
ularni buttonga aylantiramiz. Buttonlarning Down kadriga tegishli audio fayllarni
joylashtirib chiqamiz.
Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin.
Mevalar sichqoncha yordamida chertilsa, ularning nomi aytiladi.
1.
Flash dasturini ishga tushiring.
2.
Flash dasturining interfeysi haqida ma’lumot bering.
3.
Flash dasturida open va import amalini bajaring.
4.
Yangi sahifa yaratish amali haqida ma’lumot bering.
5.
Yangi Flash hujjat hosil qiling.
6.
Shablon asosida yangi Flash hujjat hosil qiling.
7.
Shablon asosida Presentations hujjat hosil qiling.
8.
Ishchi sahifa xususiyatlarini o‘zgartiring.
9.
Uskunalar panelidan foydalanib turli shakllar tasvirini hosil qiling.
10.
Animatsiya yaratishning Shape usuli haqida ma’lumot bering.
11.
Animatsiya yaratishning Motion Tween usuli haqida ma’lumot bering.
12.
Animatsiya yaratishning Motion Guide usuli haqida ma’lumot bering.
13.
Bir joyda sakrab turgan to‘p animatsiyasini hosil qiling.
14.
O‘lchamlari katta va kichik bo‘ladigan shar animatsiyasini hosil qiling.
15.
Shape usulida turli animatsiyalar hosil qiling.
16.
Belgilangan trayektoriya bo‘ylab harakatlanuvchi
obyekt animatsiyasini hosil
qiling.
17.
Quyosh atrofida aylanuvchi sayyoralar animatsiyasini hosil qiling.
18.
Aylana mavzusi bo‘yicha animatsiya hosil qiling.
19.
Uchburchak mavzusi bo‘yicha animatsiya hosil qiling.
20.
Kesma mavzusi bo‘yicha animatsiya hosil qiling.