Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi




Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/134
Sana23.11.2023
Hajmi10,51 Mb.
#103795
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi

2-mashq. Harakatlanuvchi silindr tasvirini hosil qilish.
Photoshop dasturini ishga tushiramiz va 400×400 o‘lchamda ishchi oyna 
yaratamiz. Dasturning 3D menyusining Новая сетка из слоя bo‘limidan 
Цилиндр bandini tanlaymiz. Natijada ishchi oynada silindr tasviri hosil bo‘ladi. 
Окно menyusining 3D bandini tanlaymiz. Shaklning rangini o‘zgartirish uchun 
ochilgan 3D darchasining Материал bandiga tegishli o‘zgartirishlar kiritamiz. 
Bilamizki silindrning uchta yuzasi mavjud uning ikkita asosi va yon sirti. Shunga 
mos ravishda Материал_сверху bandida silindrning ustki asosi rangini
Материал_снизу bandida silindrning ostki asosi rangini va Материал_цилиндр 
bandida silindrning yon sirti rangini o‘zgartirish mumkin. Rang sifatida palitradan 
ixtiyoriy rangni tanlash yoki tayyor teksturalardan foydalanish mumkin. Masalan,
Silindr x, y, z o‘qlari bo‘yicha burish mumkin. Silindrni x=0, y=-30, z=30 holatda 
joylashtiramiz. Bu imkoniyatdan foydalanib aylanib turuvchi silindr tasvirini 
yaratamiz.
Buning uchun F7 tugmani bosamiz. Natijada qatlam oynasi faollashadi. Qatlam 
oynasida Слой 1 nomli qatlam joylashgan. Ushbu qatlamni nusxalaymiz. Buning 
uchun Слой 1 qatlami ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va Создать 
дубликат слоя… buyrug‘ini bajaramiz. Natijada bizda ikkita bir xil qatlam paydo 
bo‘ladi. Ikkinchi qatlamni sichqoncha bilan tanlab silindrni x o‘qi bo‘ylab 20 
gradusga buramiz. Ikkinchi qatlamni yana nusxalaymiz. Hosil bo‘lgan uchinchi 
qatlamni tanlab yana silindrni x o‘qi bo‘ylab 40 gradusga buramiz. Uchinchi 
qatlamni yana nisxalaymiz. Hosil bo‘lgan to‘rtinchi qatlamni tanlab yana silindrni 
x o‘qi bo‘ylab 60 gradusga buramiz. Bu ketma-ketlikni silindr to‘liq bir marta 
aylanib chiqqunga qadar takrorlaymiz. Ushbu misolda x o‘qi bo‘yicha har safar 20 
gradusdan buramiz. Natijada 18 ta qatlam hosil bo‘ladi. Keyingi bosqich tayyor 


237 
bo‘lgan qatlamlardan foydalanib animatsiya hosil qilish. Buning uchun Окно 
menyusidan Шкала времени bandini tanlaymiz. Шкала времени darchasida 
yaratilgan qatlamlar soniga mos holda kadrlar yaratib olamiz. Birinchi kardni 
tanlab Слой oynasidan birinchi qatlamni ko‘rsatamiz yani qatlam oldidagi 
katakchaga belgi qo‘yamiz.
Ikkinchi kadrni tanlab ikkinchi qatlamni ko‘rsatamiz. Uchinchi kadrga uchinchi 
qatlamni… Bu ketma-ketlikni o‘n sakkizinchi kadrgacha davom ettiramiz. 
Kadrlani tayyorlab bo‘lgach ularning vaqtini sozlab chiqamiz. Buning uchun kadr 
ostidagi kadrni namoyish qilish vaqti bo‘limidan 0,2 sec. ni tanlab chiqamiz. 
Takrorlanish sonini sozlash uchun Выбор параметров цикла bo‘limiga 
Постаянно ni moslab qo‘yamiz. Natijada animatsiya doimiy namoyish etiladi. 
Tayyor bo‘lgan animatsiyani ko‘rish uchun “play” tugmasini bosamiz. To‘xtatish 
uchun “stop” tugmasini bosamiz.
Faylni kompyuter xotirasiga saqlaymiz. Ctrl+S tugmalarini bosamiz va faylga 
nom berib saqlanish joyini ko‘rsatamiz. Animatsiya holatida saqlash uchun 
Alt+Ctrl+Shift+S tugmalarini bosamiz.  

Download 10,51 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   134




Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish