238
Piramidani x, y, z o‘qlari bo‘yicha burish mumkin. Silindrni x=0, y=0, z=0 holatda
joylashtiramiz. Bu imkoniyatdan foydalanib aylanib
turuvchi silindr tasvirini
yaratamiz.
Buning uchun F7 tugmani bosamiz. Natijada qatlam oynasi faollashadi. Qatlam
oynasida Слой 1 nomli qatlam joylashgan. Ushbu qatlamni nusxalaymiz. Buning
uchun Слой 1 qatlami ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va Создать
дубликат слоя… buyrug‘ini bajaramiz. Natijada bizda ikkita bir xil qatlam paydo
bo‘ladi. Ikkinchi qatlamni sichqoncha bilan tanlab piramidani z o‘qi bo‘ylab 20
gradusga buramiz. Ikkinchi qatlamni yana nusxalaymiz.
Hosil bo‘lgan uchinchi qatlamni tanlab yana piramidani z o‘qi bo‘ylab 40
gradusga buramiz. Uchinchi qatlamni yana nisxalaymiz. Hosil bo‘lgan to‘rtinchi
qatlamni tanlab yana piramidani z o‘qi bo‘ylab 60 gradusga buramiz. Bu
ketma-
ketlikni piramida to‘liq bir marta aylanib chiqqunga qadar takrorlaymiz. Ushbu
misolda z o‘qi bo‘yicha har safar 20 gradusdan buramiz. Natijada 18
ta qatlam
hosil bo‘ladi. Keyingi bosqich tayyor bo‘lgan qatlamlardan foydalanib animatsiya
hosil qilish. Buning uchun Окно menyusidan Шкала времени bandini tanlaymiz.
Шкала времени darchasida yaratilgan qatlamlar soniga mos holda kadrlar yaratib
olamiz. Birinchi kardni tanlab Слой oynasidan birinchi qatlamni ko‘rsatamiz yani
qatlam oldidagi katakchaga belgi qo‘yamiz. Ikkinchi kadrni tanlab ikkinchi
qatlamni ko‘rsatamiz. Uchinchi kadrga uchinchi qatlamni… Bu ketma-ketlikni o‘n
sakkizinchi kadrgacha davom ettiramiz. Kadrlani tayyorlab bo‘lgach
ularning
vaqtini sozlab chiqamiz. Buning uchun kadr ostidagi kadrni namoyish qilish vaqti
bo‘limidan 0,2 sec. ni tanlab chiqamiz. Takrorlanish sonini sozlash uchun Выбор
параметров цикла bo‘limiga Постаянно ni moslab qo‘yamiz. Natijada
animatsiya doimiy namoyish etiladi. Tayyor bo‘lgan animatsiyani ko‘rish
uchun
“play” tugmasini bosamiz. To‘xtatish uchun “stop” tugmasini bosamiz.
Faylni kompyuter xotirasiga saqlaymiz. Ctrl+S tugmalarini bosamiz va
faylga nom berib saqlanish joyini ko‘rsatamiz. Animatsiya holatida saqlash uchun
Alt+Ctrl+Shift+S tugmalarini bosamiz.
239
Topshiriqlar
1.
Photoshop dasturini ishga tushiring.
2.
Photoshop dasturining 3D menyusi bandlari vazifalarini izohlang.
3.
Photoshop dasturida turli uch o‘lchamli shakllar tasvirini hosil qiling.
4.
Hosil qilingan tasvirlarni qayta tahrirlang.
5.
Hosil qilingan tasvirlarga turli ranglar bering.
6.
Stereometriya kursi uchun turli ko‘rgazmali plakatlar tayyorlang.