Photoshop dasturida websayt uchun belgichalar tayyorlash




Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/134
Sana23.11.2023
Hajmi10,51 Mb.
#103795
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi

Photoshop dasturida websayt uchun belgichalar tayyorlash  


223 
Adobe Photoshop dasturida juda ham chiroyli va 3D ko‘rinishga ega bo‘lgan ajoyib 
belgichalar tayyorlashni o‘rganamiz.
Bu esa, tayyor belgichalar…..
Bunday belgichalar tayyorlash qiyin deb o‘ylaysizmi? Yo‘q juda ham oson, 
ishonmasangiz mashqni kuzatib, bir pasda o‘rganib olishingiz mumkin.
Demak boshladik….
1.500×300 pikselda yangi oyna ochamiz (Ctrl+N). Orqa fonni oq rangda bo‘yab 
olamiz ( Color pickerdan oq rangni tanlab, Alt+Backspace tugmalarini bosing).
2.Yangi layer (qavat) ochamiz (Ctrl+Alt+Shift+N) va Asboblardan Ellipse 
(Shift+U)ni tanlaymiz va quyida ko‘rsatilganday aylana chizamiz.
3.Blending Optionsni moslaymiz, Layer > Layer style >Gradient Overlay:


224 
Stroke:
Endi bizda mana bunday natija hosil bo‘ladi:


225 
Davom etamiz…
4.Elliptical Marquee M asbobini olamiz va quyidagi ko‘rinishda shakl chizamiz:
Yangi layer ochamiz (Ctrl+alt+Shift+N) va Gradient G asbobini tanlaymiz va 
ranglarni moslaymiz.
Endi chiziq ichidan pastga qarab Gradient chizamiz:
5.Tezda aylana shakli chizilgan layer(qavat) ustiga Ctrl+Sichqonchamiz chap 
tugmasini bosamiz va Ctrl+Shift+I tugmalarini bosamiz va Delete tugmasini 
bosish orqali aylanadan tashqaridagi gradientni o‘chiramiz.


226 
Belgilangan joyni o‘z holiga qaytarish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz.
Ellipse asbobini tanlaymiz va color pickerdan#5ebf1a rangni moslab, dastlabki 
aylanadan kichikroq aylana chizamiz.
6.Ushbu layer ustiga sichqonchamiz chap tugmasini ikki marta bosamiz yoki Layer 
> Layer style > Inner Glow :
Stroke:


227 
Natija:
Qalay chiqdi, chiroylimi?
Lekin hali tayyor bo‘lgani yo‘q….
7.MenyudanLayer > Rasterize > Shape buyrug‘ini tanlaymiz va Elliptical 
Marquee M asbobini tanlaymiz va quyidagicha shakl chizamiz va Dodge O 
asbobini tanlab moslaymiz:
(Brush: 100 px, Range: Shadows Exposure: 20%)
Ushbu asbob yordamida yashil aylanamiz pastki qismini ozroq bo‘yab chiqamiz.
8.Aylanamiz yuqori qismini belgilash uchun Ctrl+Shift+I tugmalarini bosamiz.
Yana Dodge O asbobini tanlaymiz va aylanamiz yuqori qismini bo‘yab chiqamiz.


228 
9.Endi Burn (Shift+U) asbobini tanlaymiz (Brush: 100px, Range : Midtones, 
Exposure: 30%) Aylanamiz o‘rtasini ozroq bo‘yab chiqamiz:
Belgilangan joyni o‘z holatiga qaytarish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz.
Navbatdagi bosqichga o‘tamiz.
10.Ushbu bosqichda belgichamiz rasmini chizamiz, buning uchun bizga Custom 
Shape
(Shift+U) asbobi kerak bo‘ladi
Demak ushbu asbobni tanlaymiz va shakllar ichidan quyidagi shaklni tanlab, oq 
randga chizamiz.
11.Endi ushbu shaklga ozroq soya qo‘shamiz, demak shakl chizilgan layerni tanlab, 
Layer > Layer style > Drop shadow:


229 
Natija:
12. Ushbu bosqichni diqqat bilan kuzatamiz, chunki sal xato qilsak natija chiqmay 
qolishi mumkin.
Layers oynasiga o‘tamiz va bu yerdan oq belgi chizilgan qavat (layer) va 
background qavat(layer)dan boshqa barcha qavatlarni Ctrl+Sichqonchamiz chap 
tugmasini bosgan holatda belgilab chiqamiz ( faqat layerni belgilaymiz, shaklni 
emas) va belgilangan qavatlar(layers) ni birlashtirish uchun Ctrl+E tugmalarini 
bosamiz, keyin esa oq belgi chizilgan qavatni belgilab yana Ctrl+E tugmasini 
bosamiz va bizda bor- yo‘g‘I ikki dona qavat(layer) qoladi bulardan biri orqa fon( 
background) qavat va yuqorida bir nechta qavatlar birlashishidan hosil bo‘lgan 
qavat.
Demak ushbu qavatni tanlaymiz va Edit > Transform > Distort va moslaymiz:


230 
13.Endi ushbu qavat(layer)ni tanlaymiz va nusxalaymiz(nusxalash uchun Ctrl+J 
tugmalarini bosamiz).
Original layerni tanlaymiz va Menyudan Layer > Layer style > Color Overlay:
Mana buni natija desa bo‘ladi


231 
Lekin hali ham belgichamiz tayyor bo‘lgani yoq’.
Oxirgi bosqichga o‘tamiz.
14.Bu bosqichda belgicha soyasini tasvirlaymiz.
Background layerga o‘tamiz va ushbu layer ustidan yangi layer ochamiz 
(Ctrl+Alt+Shift+N) Elliptical Marquee M asbobini tanlab quyidagicha shakl 
chizamiz va qora rangda bo‘yab olamiz. (X, D harflarini o‘ynab ranglarni oq va 
qoraga o‘zgartirish mumkin, qora rang tanlangach Alt+Backspace tugmalarini 
bosamiz).
15.Menyudan Select > Deselect yoki Ctrl+D tugmalarini bosamiz va Filter > Blur > 
Gaussian Blur:
Filter > Blur > Motion Blur:


232 
Natija quyidagicha bo‘ladi:
Ana shu holatda har xil rangdagi belgichalar tayyorlash mumkin:
Topshiriqlar
1. 
Photoshop dasturini ishga tushiring.
2. 
Photoshop dasturida web sayt uchun turli tugmalar yarating.
3. 
Photoshop dasturida veb sayt uchun fon tayyorlang.
4. 
Photoshop dasturida veb sayt uchun turli belgilar tayyorlang.
5. 
Photoshop dasturida metallik tugma tayyorlar.


233 
6. 
Photoshop dasturida harakatli reklama bannerini tayyorlang.
7. 
Photoshop dasturida harakatlli yer shari tasvirini tayyorlang.
8. 
Photoshop dasturida oddiy biznes sayt tasvirini tayyorlang.
9. 
Photoshop dasturida agentlik kompaniyasi uchun veb sayt tasvirini tayyorlang.
10. 
Photoshop dasturida kvadratlarga bo‘lingan rasmni hosil qiling.
11. 
Photoshop dasturida turli dasturlarning piktogrammalarini hosil qiling.

Download 10,51 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   134




Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Photoshop dasturida websayt uchun belgichalar tayyorlash

Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish