190
keltiring. Agar ularni bir-biri ustiga joylashtirsak yangi tasvir hosil qilinadi. Ko‘p
qavatli rasm ham xuddi shu usulda yaratiladi. Qavatlar yuztagacha bo‘lishi
mumkin, ammo odatda buncha ko‘p qo‘llanilmaydi. Biroq, odatda 10-15 qavatdan
iborat tasvir hosil qilinadi.
Ajratish. Ajratilgan qism bilan ishlash– bu Photoshop da ishlashning
muhim amali bo‘lib, uning yordamida ko‘p imkoniyatlar yaratiladi.
Ajratilgan
qism – bu muharrirlashtiriluvchi sohani foydalanuvchi ko‘rsatadi. Ajratilgan qism
«harakatlanuvchi chumolilar» ko‘rinishda ko‘rsatiladi, ya’ni harakatlanuvchi
uzuq-uzuq chiziqlar bilan belgilanadi.