|
-
Edit – (tahrir) bu menyuda muharrirlashtirishning asosiy buyruqlari joylashgan.
- Pdf ko'rish
|
bet | 33/134 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 10,51 Mb. | | #103795 |
Bog'liq portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi-
Edit – (tahrir) bu menyuda muharrirlashtirishning asosiy buyruqlari joylashgan.
-
Image – (Избражение) menyusi esa, tasvirlar bilan ishlash uchun yaratilgan.
Uning buyruqlari ko‘pgina amallarda qo‘llaniladi.
-
Layer – (Слой) qavatlar bilan ishlash.
-
Select – (Выделит) rasm qismini ajratish va o‘zgartirish.
-
Filter – (Филтры) bu menyuda filtrlar ko‘rsatilgan bo‘lib, bir qancha
funksiyalarni bajaruvchi Photoshop dasturining qo‘shimcha modullaridir.
-
View –(Вид) interfeysni sozlashning turli ko‘rinishi bo‘lib, foydalanuvchi o‘ziga
mos ravishda qo‘llaydi.
-
Window – (Окно) Ushbu menyu yordamida ekrandagi uskunalar panelini va
xujjatlarning joylashuvini o‘zgartirish mumkin.
-
Help – (Справка) tizim haqida ma’lumot beruvchi buyruqlar to‘plami.
«Adobe Photoshop» programmasi ishga tushirilgandan so‘ng ekranda «Adobe
Photoshop» tasvir taqrirlagichi oynasi hosil bo‘ladi.
«Adobe Photoshop» oynasining yuqori qismida sarlavha satri va Windowsga xos
elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so‘ng menyu satri joylashadi. Menyudagi
kerakli komandalarni tanlashingiz mumkin.
«Adobe Photoshop» programmasi menyusi 9 banddan iborat. Har bir menyu
tarkibida ochiladigan menyu bandlari mavjud. Ularni ko‘rish kursor yordamida amalga
oshiriladi. Quyida eng ko‘p qo‘llaniladigan komandalarning qisqacha tavsifi keltirilib
o‘tiladi.
Uskunalar paneli. Dasturning ushbu elementi boshqa barcha buyruqlarga nisbatan
ko‘pincha qo‘llaniladi. Unda uskunalar joylashgan bo‘lib, barcha asosiy amallar ular
yordamida bajariladi.
Ko‘pchilik uskunalarda strelka belgisi ko‘rsatilganligiga e’tibor bering. Bu esa o‘z
navbatida, uning tagida qo‘shimcha uskunalar paneli joylashganligini bildiradi. Uni
ochish uchun uskuna tugmasini sichqoncha bilan belgilab ma’lum vaqt bosib turish
lozim. Ushbu paneldan biron uskuna tugmasi belgilanganda, asosiy panelda hosil
bo‘ladi. Bu usul panel hajmini qisqartirish maqsadida bajariladi.
|
| |