• Прямоуголная oбласт
  •   «ADOBE PHOTOSHOP» asboblar paneli




    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/134
    Sana23.11.2023
    Hajmi10,51 Mb.
    #103795
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   134
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi

      


    65 
    «ADOBE PHOTOSHOP» asboblar paneli
    «Adobe Photoshop» programmasi darchasida turli asboblar joylashgan. Bu panel 
    turli tugmalardan iborat bo‘lib, har bir tugmacha «Adobe Photoshop» programmasining 
    biror komandasini anglatadi. Agar darchada asboblar paneli bo‘lmasa menyu satrining 
    Окно punktida Вкл panel komandasini tanlang.
    «Adobe Photoshop» programmasida jami 46 ta asboblar mavjud bo‘lib, ulardan 20 tasi 
    bevosita programma ishga tushirilganda darchada ko‘zga tashlanib turadi. Qolganlarini 
    qo‘shimcha komandalarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar 
    panelida joylashgan tugmachaning ostki qism o‘ng burchagida kichik uchburchak 
    shakli tasvirlangan bo‘lsa, bu tasvir ushbu tugmacha tarkibida o‘xshash komandani 
    bajaruvchi asboblar yashiringanlidan darak beradi.
    Yashiringan asbobni aktivlashtirish uchun kursorni maxsus belgili tugmacha 
    ustidan sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib 
    chiqiladi va kerakli tugmacha ustida kursorni qoldirib sichqonchaning chap tugmachasi 
    qo‘yib yuboriladi.
    Har bir tugmacha kursor yaqinlashtirilsa kursor belgisi ostida asbobning qanday 
    vazifani bajarishi haqidagi axborot paydo bo‘ladi.
    Quyida «Adobe Photoshop» programmasida ishlash jarayonida keng 
    qo‘llaniladigan asboblarning qisqacha tavsifi keltirib o‘tiladi:
    Прямоуголная oбласт: Тasvirda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi 
    maydonni belgilab olish uchun qo‘llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi 
    alohida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha 
    o‘zgarishlar faqatgina belgilangan maydon ichiga ta’sir etadi. Ushbu 
    tugmachaga qo‘shimcha tarzda “Shift” klavishasi ishlatilsa, belgilangan 
    maydon hududi ortadi. “Shift” tugmasi o‘rnida “Alt” tugmasi qo‘llanilgan 
    taqdirda belgilangan maydon hududi qisqaradi. Ushbu amal “Lasso” va 
    “Volshebnoy palochke” asboblari bilan ishlashda qo‘llaniladi.

    Download 10,51 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   134




    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish