64
«Adobe Photoshop» ayniqsa jurlanistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini
to‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki
nashriyot sohasiga aloqador bo‘lgan shaxslarning mazkur programma bilan ishlashni
bilishi ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
Dasturning asosiy oyna tarkibini ko‘rib o‘tamiz.
Menyu satri. Barcha ilovalar uchun standart element hisoblanadi. Unda butun
dunyo bo‘ylab qabul qilingan standartlar mavjud bo‘lib, Photoshop ham bundan
mustasno emas, balki u ham File bilan boshlanib Help da tugaydi.
-
File – (Faly) Ushbu menyu asosan ishning boshida va so‘ngida qo‘llaniladi,
chunki uning ko‘pchilik funksiyalari fayllarni yaratish, yuklash, va xotiraga saqlash
bilan bog‘lik.