marganes qo‘shiladi. Latun kimvoviy tarkibiga qarab tompak Л96 va JI90
(88-97 foiz mis), yarim tompak JI80 va JI85 (79-86 foiz mis), latun Л 62,
J168, Л70 (62, 68, 70 foiz mis mutanosiblikda), alyuminiyli latun ЛА 77-
2, marganetsli latun ЛМ658-2, temir- marganetsli latun ДЖМц 59-1-1 va
nikelli latun ЛН65-5 t^rlarga bo‘linadi.
Bronza
mis va qalay, marganes, alyuminiy, nikel, kremniy, berilliy va
boshqa elementlarqotishmasidir. Bronzaningcho‘zilishdagi mustahkamligi
kimyoviy tarkibiga qarab 150-800 MPa.
Qalayli bronza atmosfera, tuz eritmalari va kislotalarga chidamli,
alyum iniyli bronza mustahkam va kimyoviy m uhitlarga chidam li,
kremniyli bronza yedirilishga va yuqori haroratga bardoshli.
10.15-rasm. a, b. Latundan tayyorlangan buyumlar.
Bronza sanitariya-texnika buyumlarining metall qismlari, fumituralar
tayyorlashda ishlatiladi.
Rux
- ko‘kimtir oq rangli metall, korroziya muhitiga chidamli, po‘lat
buyumlarni ruxlash uchun ishlatiladi.
Titan
- kulrang-oq rangli metall bo‘lib, 1665°S da suyuqlanadi,
zichligi 4,32-4,50 g/ sm3Titan yuzasida hosil bo‘ lgan oksid parda korroziya
muhitiga, yedirilishga chidamli boMadi. Uning mexanik va texnologik
xossalarini yaxshilash m aqsadida tarkibiga legirlovchi alyuminiy,
molibden, vanadiy, marganets, xrom, kremniy, temir va boshqa metallar
qo‘shiladi.
Titan BT5, BT5-1, BT6, BT8, ВТ 14, OT4 kabi markalarda bo‘ladi.
Titan qotishmalarining cho‘zilishdagi mustahkamligi 700-1400 MPa.
Titan qotishmalari sovuq va issiq holda yaxshi deformatsiyalanadi,
payvandlanadi va korroziya muhitlariga chidamli bo‘ladi.
Q o‘rg‘oshin
- kulrang-ko‘k rangli og‘ir metall bo‘ 1 ib, qoliplarga
yaxshi quyiladi, prokatlanadi. Qo‘rg‘oshin kislotalarga bardoshli, rentgen
nurlaridan himoyalaydi. U maxsus qurilishda ishlatiladi.