Betonning qotishi va uni tezlashtirish usullari




Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/187
Sana25.05.2024
Hajmi6,28 Mb.
#253711
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   187
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

6.5.4. Betonning qotishi va uni tezlashtirish usullari
Qoliplangan betonning mustahkamligi vaqt davomida oshib boradi. 
Betonning qotishi sem entning gidratatsiya jarayoni tezligi, m uhit 
harorati va nisbiy namligiga bog‘liq. Normal muhitda beton markadagi 
mustahkamlikka 28 sutka davomida erishadi. Beton qotishi uchun normal 
muhit sharoiti - harorat 20°S±2 va nisbiy namlik 90-100 foiz. Betonning 
28 sutka keyingi mustahkamligi ekspluatatsiya sharoitiga bog‘liq. Beton 
normal sharoitga yaqin muhitda ishlatilsa, uning mustahkamligi o ‘n yillar 
davomida oshib boradi. Normal sharoitda betonning bir yildan keyingi 
mustahkamligi markadagiga nisbatan 75 foiz ortishi mumkin.
Zavodda temirbeton konstruksiyalar markadagi mustahkamlikning 
70 foizga 7 sutka davomida erishishini hisobga olsak, bu omil beton 
quyish sexlarining juda katta hududlarni egallashini tushunamiz. Yig‘ma 
temirbeton ishlab chiqarishda betonga issiqlik bilan ishlov berib qotishini 
tezlashtirish keng tarqalgan. Betonga issiqlik turli usullar bilan ta ’sir 
ettirilishi mumkin, chunonchi 80-85°S haroratli suv-bug‘ aralashmasi yoki 
100°S haroratli to‘yintirilgan bug1 to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri buyumgayuborilishi, 
bug‘, elektr toki, o ‘ta yuqori chastotali tok va boshqa isitish manbalari 
vositasida betonni kontakt (bilvosita) usulida qizdirish mumkin. Suv- 
bug‘ aralashmasi bilan beton qizdirilganda, qotish vaqtida nisbiy namlik 
saqlanadi va sement gidratatsiyasi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Monolit quyilgan beton birinchi kunlarda maxsus parvarishga muhtoj 
bo'ladi. Chunki harorat va nisbiy namlikning m e’yordan o ‘zgarishi beton- 
dagi ichki zo‘riqishlar natijasida hosil bo‘lgan yoriqlami keltirib chiqaradi. 
Quruq issiq iqlim sharoitida beton yuzasi rulonli (polietilen va polipropilen 
plyonkalar, brezent, chipta va shu kabilar), sochiluvchi materiallar (qum,
89
f


qipiq, giltuproq va shu kabilar) va yupqa plyonka hosil qiluvchi polimerlar 
(etinol loki, gossipol smolasi eritmalari, suvda eriydigan polimerlar, 
gelpolimerlar) bilan qoplanadi.

Download 6,28 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   187




Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Betonning qotishi va uni tezlashtirish usullari

Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish