• 6.6. Yengil betonlar 6.6.1. G ‘ovakli to‘ldirgichlar asosidagi betonlar Yengil beton komponentlari.
  • O g‘ir betonning ishlatilishi




    Download 6,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/187
    Sana25.05.2024
    Hajmi6,28 Mb.
    #253711
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   187
    Bog'liq
    Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

    6.5.5. O g‘ir betonning ishlatilishi
    O g‘ir beton, asosan, temirbeton va armaturasi avvaldan taranglangan 
    temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Siqilishdagi mustah- 
    kamligiga nisbatan og‘ir beton quyidagi loyiha markalarga bo‘linadi: 
    M50, M75, M100. M l50, M200, M250, M300, M350, M400, M450, 
    M500, M600, M700 va M800. Yuqori markadagi betonlar (M 500- 
    M800) armaturasi avvaldan taranglangan konstruksiyalami tayyorlashda 
    ishlatiladi. Armaturasi avvaldan taranglangan temirbetonning kirishishi va 
    yuk ta’sirida vaqt bo‘yicha deformatsiyalanishi kam bo‘ladi.
    0 ‘ta yuqori markadagi betonlar M 600-M 1000 yuqori markali Portland 
    sement, yuqori sifatli to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi, S/Sm=0,27-0,45 
    bo‘ladi. Ular majburiy aralashtiradigan beton qorgichlarda tayyorlanadi, 
    aralash usullarda (yuk ostida titratish, titratish-presslash va shu kabi) 
    zichlashtiriladi. Yuqori markadagi betonlami ishlatish konstruksiyaning 
    o ‘lchamlarini kamaytiradi, armaturani 10-12 foiz tejaydi, boshlang‘ich 
    sutka normal sharoitda mustahkamligi tez o ‘sgani uchun termoishlovga 
    zarurat bo‘lmaydi.
    O g‘ir betonning cho‘zilishdagi mustahkamligi quyidagicha (kgs/ 
    sm2): 10, 15, 20, 25, 30, 35, 40. Bu omil yo‘l va aerodrom qoplamalari, 
    gidrotexnik beton va boshqa maxsus beton turlarini olishda muhimdir. 
    Og‘ir beton yedirilishga, radioaktiv nurlarga, biologik muhitlarga, sovuqqa 
    va issiq harorat ta’siriga bardoshli.
    6.6. Yengil betonlar
    6.6.1. G ‘ovakli to‘ldirgichlar asosidagi betonlar
    Yengil beton komponentlari. 
    Yengil betonlar tayyorlashda bog‘lovchi 
    sifatida oddiy va tez qotuvchan shlakli hamda boshqa turdagi sementlar 
    ishlatiladi. To‘ldirgich sifatida tabiiy va sun’iy g ‘ovak toshlar issiqlik 
    izolatsiyalovchi betonlar olishda organik to‘ldirgichlar ham ishlatiladi. 
    Organik to ‘ldirgichlar yog‘och, g ‘o ‘za, kanop poyasi kabi o ‘simliklar 
    chiqindilari va penopolistirol, penopoliuretan kabi polimer moddalar 
    asosida tayyorlanadi.
    90



    Download 6,28 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   187




    Download 6,28 Mb.
    Pdf ko'rish