Ular ishlatilish sohasiga k o‘ra to ‘rt asosiy guruhga bo‘linadi:
jam oat binolari, sanoat binolari, injenerlik inshootlari, maxsus buyum va
konstruksiyalar.
7.2.1. Jam oat binolari uchun konstruksiyalar
Poydevor va binolarning yer osti qismi uchun temirbeton bloklar,
svaylar va boshqalar ishlatiladi. Poydevor bloklari M200, M250 va M1300
markali og‘ir betonlardan tayyorlanadi. Armatura sifatida silliq po‘lat
to ‘rlar ishlatiladi. Podval devorlarining bloklari M100 va M150 og‘lr
betondan uzunligi 2500 mm. gacha, eni 500 mm.gacha va balandligi 700
mm. o ‘lchamlarda tayyorlanadi.
Bloklarning yon tom onida podval devorlarini montaj qilishda
foydalaniladigan va bloklarni m onolitlashda ishlatiladigan maxsus
o ‘yiqlar (pazlar) qoldiriladi. Montaj ishlari tugagach, o ‘yiqlar sementli
qorishmalar bilan to‘Idiriladi. Svaylar ko‘ndalang kesimi 300x300 mm
kvadrat shaklda va uzunligi 6-12 m. bo‘ladi. Ular M300 markali og‘ir
betondan tayyorlanadi. Svay poydevorlari bino bo‘sh va botqoqsimon
yerlarga qurilganda yeming toshloq qattiq qatlamigacha maxsus uskuna
yordamida qoqiladi. Bunda binoning yumshoq yerda cho‘kishining oldi
olinadi.