iborat bo‘ladi. Kasseta ustanovkasida temirbeton buyumlar qoliplanadi va
issiqlik bilan ishlov beriladi.
Qolip-kassetalarga quyilgan beton qorishmasi osma yoki chuqurlik
titratkichlar yordamida zichlashtiriladi Ular buyumni bug4 yoki elektr toki
bilan isitish uchun rnqslashtirilgan maxsus moslamalarga ega. Kassetalarda
buyumga 85-95 °C Ijaroratda 6-10 soat davomida issiqlik bilan ishlov
beriladi.
Issiqlik bilan ishlov berilib, yetarli mustahkamlikka erishgan buyumlar
ko‘prik krani vositasida yoki ko‘prik krani yordamida tayyor mahsulotlar
omborxonasiga olib boriladi. Kasseta usulida tashqi va ichki devor panellari
hamda plitalari, yopmalar paneli, zinapoya marshlari va maydonchalari,
balkon plitalari va shu kabi yassi yuzali yupqa temirbeton konstruksiyalar
tayyorlanadi. Bu usul boshqa usullarga nisbatan mehnat unumdorligining
yuqoriligi, ishlab chiqarish maydonining kichikligi, energiya tejamkorligi
va qat’iy ritm talab etilmasligi bilan farqlanadi.
7.3.2. Temirbeton konstruksiyalarning sifatini nazorat qilish
Temirbeton buyum va konstruksiyalar tayyor bo‘lgach, albatta sifati
zavod texnik nazorat b o ‘limi xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.
Ishlab chiqariladigan har bir buyum va konstruksiya sifat ko‘rsatkichlari
jihatidan Davlat standarti talablariga javob berishi kerak. Buyumlar sifatini
nazoratdan o ‘tkazishda tashqi k o ‘rinishi, shakli, o ‘lchamlari, himoya
qatlamining qalinligi armaturalar va konstruksiyani ko‘tarishda ilinadigan
po‘lat sirtmoqlaming sifati hamda joylashishi, betonning mustahkamligi
va uning loyihaga muvofiqligi aniqlanadi. Tashqi va ichki devor panellari
hamda plitalarining o ‘rtacha zichligi ham aniqlanadi. Har bir buyum
va konstruksiyalar guruhidan tanlab olingan kontrol namunalarning
mustahkamligi, bikrligi, darzlar hosil bo‘lishga turg‘unligi va zarurat
bo‘lganda boshqa xossalari sinab ko‘riladi.
Davlat standarti (RSt) yoki texnik shartlar (TSt) talabiga mos keladigan
har bir temirbeton buyum va konstruksiya maxsus bo‘yoqlar bilan marka-
lanadi. Markada buyum yoki konstruksiyaning pasport nomeri, indeksi
(ti-pi), tayyorlovchi zavod markasi, nazoratchining nomeri va xususiy
hollarda tavyorlangan sana k o ‘rsatiladi. Konstruksiya guruhiga ikki
nusxada pasport tuziladi, ulardan biri iste’molchiga beriladi, ikkinchisi
zavodda qoldiriladi.